Aminman, mavjud buyuk Xudo, Usiz boʻlmasdi bizning dunyo. Bu yerdagi olam, hayot Uning qudrati. Ibodatda men tiz choʻkaman, Dilimdan iltijo qilaman. Chunki meni yetaklaydi U bu dunyoda, dunyoda. Ibodatda men tiz choʻkaman, Dilimdan iltijo qilaman. Chunki meni yetaklaydi U bu dunyoda. Aminman, dunyoni yengaman, Barcha sinovlardan oʻtaman. Hech narsa meni Xudodan ajrata olmaydi. Abadiy uyga men boraman, Unga hammasini koʻraman, Yerdagi qiyinchiliklarga bu arziydi, arziydi. Abadiy uyga men boraman, Unga hammasini koʻraman, Yerdagi qiyinchiliklarga bu arziydi. Aminman, barcha oʻrtoqlarim, Bekor yashamagan doʻstlarim, Osmonda ajoyib tojlarni taqadilar. Hayotini bergan Isoga, Erishadi mangu hayotga, Imon bilan yetgan osmonga loyiq bunga, loyiq bunga. Hayotini bergan Isoga, Erishadi mangu hayotga, Imon bilan yetgan osmonga loyiq bunga.قلت عيني هاتبقى عليك نأتي لك Has Ganado la Victoria Көз алдыңда баары айкын Senza te Gesù إن لم يسر وجهك Iubesc pe Domnul caci mi-ascultă vocea Ozdobiž se, duše, tiše Pues Tu Glorios eres Señor Los libros 27 son
Song not available - connect to internet to try again?