Meni sevgan azalda Meni degan azalda Har doim bergan dalda Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Men Uni bilmasam ham Meni bilgan U bekam. Men tamon bosgan qadam Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Achingan har soniya Meni saqlagan qoya. Najot - bu buyuk gʻoya, Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Bildim Xudo Sevgidir Iso - yoʻl jannatga bir Hamma narsaga qodir Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Gunohdan poklagan U Aybimdan oqlagan U. Bir Choʻpon bor, bir suruv... Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim Zulmatdan olib chiqqan Nuri bilan yoritgan Men uchun jonin tikkan Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Kimni yetgay jurʼati Gʻam chekmasin siyrati Xudoning chin surati Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim Xushxabarga ishoning Najot topgaydir joning Toʻgʻri va pok imoning Rabbim Isodir bildim Qodir Xudodir bildim. Bugun men imondaman Pok Muqaddas qondaman Men tirik Kalomdaman Rabbim Isodir biling! Qodir Xudoga keling!Чупони ман Armonia divina علمني يارب Päivä kirkas فرحت قلبي В ЦЕНТЪРА НА МОЯ ЖИВОТ Дарё болиб оқ زيت زيادة O, the love that sought me/ In Tenderness He sought Me ạ̹n fạḍ qlby bạlslạm
Song not available - connect to internet to try again?