Bir kun Xudo haqiqati ayon beradi, Bu gunohkor dunyoning umri soʻnadi. Sevinchdan koʻzlarim yoshga toʻladi, Abadiy orom topar sogʻingan qalbim. Bulutlar uzra kelar Najotkor Rabbim. Men buni oʻylab topmadim, bu Xudo soʻzi, Bundan dalolat berar Injilning oʻzi. Iso bizga yuborilgan qurbonlik qoʻzi, Hamma Unga tavba qilsa koʻngli toʻladi. Bulut uzra kelar, Iso keladi. Quvonchli, tashvishli kunlarda hamdam, Faqat Uning yoʻliga tashlaymiz qadam. Quloq tuting Undan bexabar odam, Oʻz vaqtidan kech emas, ertamas tezda. Mening Rabbim kelar bulutlar uzra. Uning haqiqat soʻzi dillarga orom, Koʻzlarga nur bergan, qalblarga ilhom. Uni ulugʻlaymiz har kuni, har on, Bir kun Xudo haqiqati ayon boʻladi, Oyat bajo boʻlish uchun Rabbim keladi.THE PEARL OF GREATEST PRICE إحضنى Allahım, Sözün ilə qəlbimi yu, təmizlə, Záchranca sveta ЗАПЕЙТЕ ВСИЧКИ ДНЕС Pán ti chce dať ạrḥmnạ ạrḥmnạ Narodil se Kristus Pán Yashayman qanotlaring ostida فارد جناحي
Song not available - connect to internet to try again?