// Hayotimga nuringni porlatgan Oʻzing Yoʻllarimni charogʻon aylagan Soʻzing Onam qornida meni tanlagan Oʻzing Hayotim qoʻllaringda mening, Ey Rabbim // Bu qadam oldinga qadam Ulugʻvorliging tomon qoʻyilgan qadam Bu qadam yangi bir qadam Yetaklab borsin Ruhing meni hardam // Taʼriflab berolmasman chiroying Sening Masih-la quvonadi vujudim mening Panohim, Qoʻrgʻonimsan, Qalqonim Oʻzing Sevgingdan orom topar qalbim, Ey Rabbim // Bu qadam oldinga qadam Ulugʻvorliging tomon qoʻyilgan qadam Bu qadam yangi bir qadam Yetaklab borsin Ruhing meni har dam Men boraman ortingdan boraman Hayotim taxtida Oʻzing boʻlgin, Ey Egam Sening huzuringda qalbim hotirjam Men bilandursan to abad har dam Oyoqlaring oldida boʻlgim keladi Bagʻringa boshimni qoʻygim keladi Bundayin sevgini oʻzi kim beroladi?! Sevging va mehringa toʻydir, Ey Egam // Samolarga toʻyib qarayman! Qamrab olgan Ulugʻvorliging! Men ham Sening ijodingman! Huzuringga qoʻyarman qadam! //Простёртые ладони я к небу подниму Иса Адъ Сьонмез Асла Аллилуйя аллилуйя Ты всегда со мной yạlly bdyt ạlrḥlẗ Qoningning Har Bir Tomchisi Song of Solomon Una fiamma per te Теселли Кайнаъмсън قول يسوع Az angyalok seregével
Song not available - connect to internet to try again?