Buyuk Tangrim olamga qarasam men, Sening qoʻling bilan yaratilgandir. Insonlarga yorugʻ quyosh bergansan, Buyuk sevging bizga hayot bergandir. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Osmondagi yulduzlarni men koʻrib, Sen yaratgan bu olamni eslasam. Quyosh va koinotga nazar solib, Dengizdagi kemaga oʻxshatsam. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Bahorda tabiat uygʻonganida, Bulbul navosini eshitib qolsam. Toʻyib xushboʻy nafaslar olganimda, Shildiragan chashmani yoqtirsam. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Qachon Rabbim haqida eslasam men, Dunyoda insonlarga xizmat qilib. Qurbon boʻlib xochda oʻlim koʻrgansan, Inson gunohini boʻyningga olib. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Endi Rabbim meni ham daʼvat etib, Jonu dilimni nuringla yoritdim Mening ruhim moʻminlikla sigʻinib, Rabbim ulugʻligini tan oladi. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ.Bütün Dünya Senin Olsa Jesus, We Celebrate Your Victory Byť i horstva mocné valy Chci Pane chválit Tě En la ciudad de Dios Кешіріп, бір-біріңе қайрылмасаң Ҝеҹə јарысы сəмада парлады Akže sme už mnoho dobrého Скачам В цей радісний день воскресіння
Song not available - connect to internet to try again?