Buyuk Tangrim olamga qarasam men, Sening qoʻling bilan yaratilgandir. Insonlarga yorugʻ quyosh bergansan, Buyuk sevging bizga hayot bergandir. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Osmondagi yulduzlarni men koʻrib, Sen yaratgan bu olamni eslasam. Quyosh va koinotga nazar solib, Dengizdagi kemaga oʻxshatsam. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Bahorda tabiat uygʻonganida, Bulbul navosini eshitib qolsam. Toʻyib xushboʻy nafaslar olganimda, Shildiragan chashmani yoqtirsam. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Qachon Rabbim haqida eslasam men, Dunyoda insonlarga xizmat qilib. Qurbon boʻlib xochda oʻlim koʻrgansan, Inson gunohin boʻyningga olib. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. Endi Rabbim meni ham daʼvat etib, Jonu dilimni nuringla yoritdim Mening ruhim moʻminlikla sigʻinib, Rabbim ulugʻligini tan oladi. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. // Shunda ruhim kuylar Senga Xudo, // // Qanday ulugʻ, qanday ulugʻ. //jǐ dù fēng yǔ О СЛАВЕН Е ХРИСТОС Жалындуу жаштар, көктөм убакты ywm sʿyd Превыше всей Вселенной نعظم دم يسوع Viene Otra Vez أنا إناء Yana Zuba, Yana Zuba Panie pragnę kochać Cię
Song not available - connect to internet to try again?