Dardlar cheksam dard bilan Shifo bergan Sen Rabbim. Yoʻlga chiqsam mard bilan Duo bergan Sen Rabbim Yiqilsam soʻqmoq yoʻlda Uzatasiz qoʻlingiz Adashsam sahro, choʻlda Koʻrsatasiz yoʻlingiz. Goh ranjisam doʻstimdan Silaysiz asta boshim. Kechib kam-u koʻstimdan, Artasiz asta yoshim. Oʻrganyabman men asta Sendan olib saboqlar. Kechirim berish qasdda, Oʻtsa jondan qiynoqlar. Kalomingiz qoʻlimda, Sevish sirin oʻrgatar. Chiqsa nomard yoʻlimda Tilim duolar aytar. Qaytasiz bir kun aniq, Kutyabman men mushtoq. Qalbim boʻlmoqda siniq, Seni anglaganim chogʻ. Oʻrgandim sevish sirin, Muqaddas Ruhingizdan. Angladim sevgi nima Xochdagi ohingizdan. Kechiring, meni yana Toʻldirib yuragimni. Aytibman yana-yana Orzuyim, tilagimni. Bugun tutdim qoʻlingiz, Buyuring ne qilayin? Rabbim najot yoʻlingiz, Chin fidosi boʻlayin!HANKAIZA IZAHAY АЗ ТЕ ОБИЧАМ Он Царь 我的神 В городе Давидовом Спаситель был рождён ậdm wynk Father God, I wonder how I managed to exist Eternel, ta fidélité Der Grösste Tag für allezeit إلى مين
Song not available - connect to internet to try again?