1 Dono xotin oʻz oilasini mustahkamlaydi, nodon xotin esa oilasini oʻzi buzadi. 2 Toʻgʻri yoʻldan yuradigan Egamizdan qoʻrqadi, egri yoʻldan yuradigan esa Uni rad etadi. 3 Ahmoqning soʻzlari oʻziga kaltak keltiradi, dononiki esa uni himoya qiladi. 4 Hoʻkiz boʻlmasa oxur toza, lekin hoʻkizning kuchi tufayli hosil koʻp boʻladi. 5 Sodiq guvoh yolgʻon gapirmaydi, soxta guvoh yolgʻon gapirishdan toʻxtamaydi. 6Mazax qiluvchi donolikni qidiradi, ammo topolmaydi, idrokliga esa bilim olish oson. 7 Aqlsizdan uzoqlash, chunki undan maʼnoli soʻz chiqmaydi. 8 Ziyrakning donoligi oʻz yoʻlini bilishidadir, aqlsizning ahmoqligi esa uni yoʻldan adashtiradi. 9 Ahmoq odam ayb qurbonligi ustidan kuladi, toʻgʻri odam esa Xudoning marhamatiga sazovor boʻladi. 10 Yurak oʻz dardini oʻzi biladi, uning shodligini ham hech kim toʻliq tushunmaydi. 11 Fosiqlarning uyi xaroba boʻladi, solihlarning xonadoni esa gullab-yashnaydi. 12 Shunday yoʻl borki, insonga toʻgʻri boʻlib koʻrinadi, ammo oxiri oʻlimga olib boradi. 13 Kulsa ham yurakda qaygʻu bor, xursandchilikning oxiri gʻamdir. 14 Yuragi qingʻir oʻz egriligidan, yaxshi odam esa toʻgʻriligidan mamnun. 15Sodda har bir soʻzga ishonaveradi, aqlli esa qadamini oʻylab bosadi. 16 Dono qoʻrqib yomonlikdan uzoqlashadi, nodon esa jahli tez va beparvo. 17 Badjahl aqlsizlik qiladi, badniyat nafratga uchraydi. 18 Soddalarning nasibasi - nodonlik, aqllilarning toji esa ilmu maʼrifatdir. 19 Yomonlar yaxshilarning oldida, fosiqlar solihlarning darvozasida taʼzim qiladi. 20 Kambagʻaldan qoʻshnilari ham nafratlanadi, boyning esa oʻrtoqlari koʻp. 21 Qoʻshnisini xor qilgan - gunohkor, muhtojga marhamat qilgan esa baxtlidir. 22 Niyati buzuqlar yoʻldan adashadi. Yaxshi niyatlilar esa sevgi va sadoqatga sazovor boʻladi. 23 Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambagʻallik keltiradi. 24 Oqillarning toji - donoligi, aqlsizning nodonligi esa ahmoqligidir. 25 Rostgoʻy guvoh jonni qutqarsa, yolgʻonchi guvoh aldaydi. 26 Egamizdan qoʻrqish - mustahkam qalʼa, farzandlariga ham Oʻzi panohdir. 27 Egamizdan qoʻrqish hayot manbaidir, bunday xislat odamni oʻlim tuzogʻidan asraydi. 28 Xalqning koʻpligi - shohning shuhrati, kamligi esa hokimning halokatidir. 29 Sabr-toqatli odam aql-idroklidir, jahldorlik ahmoqlikni bildiradi. 30 Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi, hasadgoʻylik esa suyaklarni chiritadi. 31 Kambagʻalga zulm qilgan Yaratuvchini tahqirlagan boʻladi, muhtojga yordam bergan esa Xudoni ulugʻlagan boʻladi. 32 Fosiq oʻz qilmishlari tufayli halokatga uchraydi, solih esa oʻlimda ham panoh topadi. 33 Donolik oqilning qalbida yashaydi, nodonlar orasida ham oʻzini bildiradi. 34 Solihlik xalqni yuksaltirsa, gunoh sharmanda qiladi. 35 Donolik bilan ish qiladigan qul shohning marhamatiga sazovordir, sharmandali ish qiladigan esa uning gʻazabiga uchraydi.Anjeli pred trónom ti spievajú Нажоткор туғулди Миний Хаан, Чиний Хаан - Амилалт Ялалт 2021 Бог за нас в сражении мощью Своих сил Qoʻlimni Rabbimga Uzataman Восхвали, душа моя ʿjybẗ hy ạ̉ʿmạlk Ježiša neopustím Bellas Palabras De Vida ạ̉nạ ḥyn ạ̉fkr fy̱ ạlạ̉ms
Song not available - connect to internet to try again?