1 Donolik chorlamaydimi?! Idrok ovozini baland qilib chaqirmaydimi?! 2 Qir-adirlarda, yoʻl boʻylarida, chorrahalarda, 3shahar darvozalarida, eshiklar oldida turib jar soladi: 4 "Ey insonlar, sizlarni chaqiryapman, odamzodga gapirmoqdaman. 5 Soddalar, fahm-farosatli boʻling, nodonlar, idrokli boʻling. 6 Quloq soling, men aʼlo gaplarni gapiraman, rostini aytaman. 7 Chunki tilim haqiqatni gapiradi, fosiqlikdan esa nafratlanadi. 8 Hamma soʻzlarim toʻgʻridir, ularda na egrilik, na buzuqlik bor. 9 Farosatlilarga ravshan, bilim oladiganlarga toʻgʻridir. 10 Kumush oʻrniga nasihatlarimni, oltin oʻrniga ilm-maʼrifatni tanlang. 11 Chunki donolik koʻhinurdan aʼloroqdir, hech qanday shodlik U bilan tenglasha olmaydi. 12 Men, Donolik, aql-idrok bilan yashayman, bilim va fahm-farosat mendadir. 13 Egamizdan qoʻrqish yomonlikdan nafratlanish demakdir. Men magʻrurlik va manmanlikdan, yovuzlik va buzuq tildan nafratlanaman. 14 Menda maslahat va haqiqat bor, men idrokman, quvvatu kuch ham mendadir. 15 Shohlar men orqali hukm suradilar, hukmdorlar toʻgʻri qonunlar chiqaradilar. 16 Men orqali rahbarlar boshqaradilar, amaldor va barcha odil hakamlar hukm chiqaradilar. 17 Kim meni sevsa oʻshani sevaman, astoydil izlaganlar meni topadilar. 18 Boylik, shuhrat, bitmas-tuganmas xazina, farovonlik mendadir. 19 Mening hosilim toza oltindan ham, aʼlo kumushdan ham yaxshiroq. 20 Men toʻgʻri yoʻldan, adolat soʻqmoqlaridan yuraman. 21 Meni sevganlar boylikni meros qilib oladilar, ularning xazinasini toʻldiraman. 22 Egamiz yaratish ishlarini boshlamasdan oldin, meni bunyod qilgan edi. 23 Azalda, eng boshida, dunyo yaratilmasdan oldin, U meni tayinlagan edi. 24 Tubsiz dengizu bepoyon ummon, yo birorta buloq koʻz ochmay turib, men dunyoga keltirilganman. 25 Togʻu tosh, qir-adir barpo boʻlmasdan oldin men tavallud topganman. 26 U hali na yer, na dalalarni, na yerning tuprogʻini yaratgan edi. 27 Xudo osmonni yaratganda, bepoyon ummon uzra falakni barpo etganda, men oʻsha yerda edim. 28 Osmonga bulutlarni joylab, dengizlarni suv bilan toʻldirgan chogʻda, 29 U suv toshib ketmasin deb amr berganda, yerga asos solganda, 30 men Uning yonida musavvir edim, qoshida kundan-kunga zavqlanib, doimo quvonardim. 31 Dunyoda, Uning yerida odamzod bilan xursand boʻlardim. 32 Oʻgʻillarim, menga quloq solinglar, yoʻlimdan yurganlar baxtlidir. 33 Pand-nasihatlarimni tinglab dono boʻlinglar, uni rad etmanglar. 34 Har kuni ostonamda kutib, eshigimni poylab, soʻzlarimga quloq soladigan baxtlidir. 35 Chunki meni topgan hayot topadi, Egamizning marhamatiga sazovor boʻladi. 36 Meni koʻzdan qochirgan oʻziga zarar yetkazadi, mendan nafratlangan oʻlimni sevadi."Kel balalar án salaıyq Dalada bir qoıan اعرف إلهك Куткаруучум Away far over Jordan Беләм мин дөньяда Prichádza chvíľa GÖRMEDİN Mİ CARMAHIMI We are your people Stworzyciel Twój
Song not available - connect to internet to try again?