1 Isroil shohi Dovud oʻgʻli Sulaymonning hikmatlari. 2 Bu hikmatlar donolik va nasihatni oʻrgatadi, hikmatli soʻzlarni tushuntiradi, 3aqlli koʻrsatmalarni, toʻgʻrilik, adolat va odillikni ato qiladi, 4 soddalarga idrok, yoshlarga bilim, fahmu farosat beradi. 5 Donolar tinglab bilimini koʻpaytirsin, idroklilar yoʻl-yoʻriq olsin. 6 Bu hikmatlar - matallarni, jumboqlarni, dononing soʻzlarini va topishmoqlarini tushunish uchundir. 7 Egamizdan qoʻrqish ilmu maʼrifatning boshidir. Donolik va nasihatdan nafratlangan esa nodondir. Yoshlarga nasihat 8 Oʻgʻlim, otang nasihatlariga quloq sol, onang oʻgitlarini rad etma, 9 chunki ular boshingga goʻzal gulchambar, boʻyningga marjondaydir. 10 Oʻgʻlim, agar gunohkorlar seni yoʻldan urmoqchi boʻlsa, boʻyin berma. 11 Agar ular: "Kel, bizga qoʻshil, pistirma qoʻyib qon toʻkaylik, aybsizning yoʻlini vajsiz toʻsaylik, 12 doʻzaxga oʻxshab uni tiriklayin oʻz qaʼrimizga tortaylik, chuqur kabi butunlayin yutib yuboraylik, 13 har xil boyliklarni tortib olib, uyimizni oʻlja bilan toʻldiraylik, 14 hamma narsa oʻrtada boʻlsin, hamyonimiz bitta boʻlsin", deb aytsalar, 15 oʻgʻlim, ularga hamroh boʻlma, yoʻliga bir qadam ham bosma. 16 Chunki ular qon toʻkishga tayyordirlar, oyoqlari yovuzlikka shoshiladi. 17 Qushni toʻr bilan tutib boʻlmaydi, toʻrni koʻrgan qush pir etib uchib ketadi. 18 Yovuzlar esa oʻz qismatini koʻra olmaydilar, boshqalarning jonini poylayman deb, oʻz joniga zomin boʻlganini bilmaydilar. 19 Ochkoʻzlik bilan tortib oladiganlarning ahvoli shu! Ular oʻz hayotiga zomin boʻladi. Donolik oʻziga chorlaydi 20 Donolik koʻchada chaqiradi. Maydonda baland ovoz bilan hayqiradi. 21 Gavjum koʻchaning boshida, shahar darvozalarida jar soladi. 22 "Ey nodonlar, qachongacha nodon boʻlib yuraverasiz?! Siz-chi, mazax qiluvchilar, qachongacha mazax qilishdan zavqlanasiz?! Aqlsizlar, qachongacha ilm-maʼrifatdan nafratlanasiz?! 23 Pand-nasihatlarimga quloq solinglar. Mana, sizlarga ruhimni beraman. Soʻzlarimni ochaman. 24 Lekin sizlarni chaqirganimda rad etdingiz, qoʻllarimni uzatganimda, eʼtibor bermadingiz. 25 Maslahat, pand-nasihatlarimning hech birini qabul qilmadingiz. 26 Shuning uchun boshingizga falokat kelganda, men ham kulaman. Vahimaga tushganingizda, mazax qilaman. 27 Vahima boʻronday, falokat esa toʻfonday kelganda, kulfatu mashaqqatlar boshga tushganda, 28 ular meni chaqiradilar, lekin javob bermayman. Ular meni qidiradilar, izlaydilar, lekin topolmaydilar. 29 Chunki ular ilm-maʼrifatdan nafratlandilar, Egamizdan qoʻrqishni rad etdilar. 30 Maslahatlarimni, oʻgitlarimni qabul qilmadilar. 31 Shuning uchun oʻz qilmishlarining mevasini yeb, pushaymon boʻlib qoladilar. 32 Nodonlar yoʻldan adashib oʻz joniga oʻzlari zomin boʻladi, aqlsizlarning begʻamligi oʻzlarini halok qiladi. 33 Lekin menga quloq solganlar osoyishta hayot kechiradi, yomonlikning vahimasidan xalos boʻladi."Yorğun, üzülmüş ürəyimlə Ne crains rien, je t'aime Вот вечер тени спадают Ինչքան Գեղեցիկ Ու Բարի է لا تترك نفسي Осень tḥt ạlsẖms Haleluya, Terpujilah Jézusom, én szeretlek ạ̉nạ frḥạn
Song not available - connect to internet to try again?