1 Oʻgʻlim, nasihatlarimni qabul qilib, amrlarimni yuragingda saqlasang, 2 donolikka quloq solib, qalbingni fahm-idrokka ochsang, 3 farosatga tashna, idrokka chanqoq boʻlsang, 4 uni kumush izlaganday izlasang, yashirin xazina qidirganday qidirsang, 5 Egamizdan qoʻrqish nimaligini tushunasan, Xudo kimligini bilasan. 6 Chunki donolikni Egamiz beradi, bilim va idrok Uning ogʻzidan chiqadi. 7 Egamiz toʻgʻri odamni eson-omon saqlaydi, toʻgʻri yuradiganga Oʻzi qalqon boʻladi. 8 Adolatli insonni himoya qiladi, Unga sodiq boʻlganning yoʻlini qoʻriqlaydi. 9 Shunda sen toʻgʻrilik, adolat, odillik, yaʼni toʻgʻri yoʻl nima ekanligini tushunasan. 10 Chunki yuragingga donolik kiradi, ruhing esa bilimdan zavqlanadi. 11 Fahm-farosat seni himoya qiladi, aql-idrok seni qoʻriqlaydi. 12 Yomon yoʻldan, yovuz gapiradiganlardan asraydi. 13 Ular toʻgʻri yoʻlni tashlab, qorongʻilikda yuradi. 14 Yomon ishlardan xursand boʻladi, yovuzlikdan quvonadi. 15 Ular yoʻldan adashgan, soʻqmoqlari ham egridir. 16 Donolik seni zinokordan, tilyogʻlama buzuq ayoldan saqlasin. 17 Buzuq ayol yoshligidagi umr yoʻldoshini tashlab, Xudo oldida bergan ahdini buzgan. 18 Uning uyi oʻlimga, yoʻllari oʻliklarning oldiga olib boradi. 19 Uning oldiga borgan odam qaytib kelmaydi, hayot soʻqmoqlariga qaytib qadam bosmaydi. 20 Shuning uchun yaxshi odamlarning yoʻlidan yurgin, solihlarning yoʻlidan chiqmagin. 21 Chunki toʻgʻri odam oʻsha yerda yashaydi, pok odam u yerda qoladi. 22 Fosiq esa yer yuzidan qirib tashlanadi, vafosiz yoʻq qilinadi.Day of Wrath, O Day of Mourning Көрсеттің бізге шындықты ашып ขอความรัก ขอฤทธา تأمل 1 - فريق لمن يدعوه يا إلهي يا حبيبي En las alturas con el Salvador Вот и в вашей жизни Аңсаймын Сені isa rabbim ạ̹lh ạlạ̉mạnẗ
Song not available - connect to internet to try again?