1 Aqlli farzand otasining nasihatlarini qabul qiladi, mazax qiluvchi esa tanbehga quloq solmaydi. 2 Yaxshi odam soʻzlari bilan yaxshilikka erishadi, xoin esa zoʻravonlikka. 3 Tilini tiygan jonini asraydi, tiliga erk bergan esa halokatga uchraydi. 4 Dangasaning koʻngli xohlaydi-yu, ammo hech narsaga erisha olmaydi, tirishqoq esa orzusiga yetishadi. 5 Solih yolgʻondan nafratlanadi, fosiq esa uyatli va sharmandali ishlar qiladi. 6 Solihlik toʻgʻri yuradiganni himoya qiladi, fosiqlik esa gunohkorni halok qiladi. 7 Shunday odam bor, hech narsasi yoʻgʻ-u, oʻzini boy koʻrsatadi. Yana shunday odam bor, boyligi koʻp-u, oʻzini qashshoq koʻrsatadi. 8 Jonning haqi - uning boyligi, kambagʻal esa doʻq-poʻpisadan qoʻrqmaydi. 9 Solihlarning chirogʻi doim charogʻon, fosiqniki esa oʻchib qoladi. 10 Magʻrurlikdan faqat urush chiqadi, nasihatga quloq solgan odamda esa donolik bor. 11 Hiyla bilan topilgan davlat yoʻqoladi, mehnat bilan topilgani esa koʻpayadi. 12 Roʻyobga chiqmagan umid yurakni ezadi, ushalgan orzu esa hayot daraxti kabidir. 13 Pand-nasihatlardan nafratlangan oʻziga halokat keltiradi, amrga quloq solgan esa taqdirlanadi. 14 Dononing taʼlimoti hayot manbaidir, u odamni oʻlim tuzogʻidan asraydi. 15 Idrokli inson marhamatga erishadi, xoinning yoʻli esa mashaqqatlidir. 16 Zukko odam aql bilan ish qiladi, aqlsiz esa ahmoqligini koʻrsatadi. 17 Yomon xabarchi kulfat olib keladi, sodiq xabarchi esa yurakka shifo keltiradi. 18 Nasihatga quloq solmaganlarga qashshoqlik va uyat keladi, tanbehga quloq solganlar esa hurmat va izzat topadi. 19 Amalga oshgan tilak jonga rohat beradi, nodon odam yomonlikdan ayrilishni rad etadi. 20 Donoga hamroh boʻlgan dono boʻladi, ahmoqqa yoʻldosh boʻlgan esa halok boʻladi. 21 Baxtsizlik gunohkorning ketidan quvib yuradi, solihning mukofoti esa baxt-saodatdir. 22 Yaxshi odam bolalarining bolalariga ham meros qoldiradi, fosiqning boyligi esa solihga nasib etadi. 23 Kambagʻalning dalasida gʻalla moʻl, lekin adolatsizlik tufayli vayron boʻladi. 24 Kaltakni oʻgʻlidan ayagan odam uni yomon koʻradi, oʻgʻlini sevgan esa yoshlikdan tartib-intizomga oʻrgatadi. 25 Solih qorni toʻyib ovqat yeydi, fosiq esa och qoladi.Słuchaj Izraelu (Kochaj Pana Boga swego) I was seeking You among the stars New Name Written Down in Glory Ежеминутно и с каждым днем V mene Ježišovom vstávam Ó Spasiteľ všetkých ľudí Дух Святой дорогой ạ̉nt ạlmlk yạ yswʿ ГОСПОДИ МОЛИМ ТЕ Ποιος είμαι εγώ
Song not available - connect to internet to try again?