1 Donolik uy qurdi, uyining yetti ustunini qoʻydi. 2 Qurbonlik keltirdi, sharob tayyorlab, dasturxon yozdi. 3 Xizmatkorlarini shaharning eng baland joyiga yuborib, ular orqali: 4 "Kim sodda boʻlsa, bu yoqqa kelsin", - deb chaqirdi, aqlsizlarga shunday dedi: 5 "Kelinglar, taomimdan yenglar. Men tayyorlagan sharobdan ichinglar. 6 Gʻaflatdan voz kechinglar, shunda yashaysizlar, idrok yoʻlidan yuringlar." 7 Mazax qiluvchiga tanbeh bergan tahqirlanadi, fosiqning xatosini aytgan haqoratlanadi. 8 Mazax qiluvchiga tanbeh berma, aks holda, u sendan nafratlanadi. Donoga tanbeh ber, shunda u seni sevadi. 9 Donoga oʻrgatsang, yanada donoroq boʻladi. Solihni oʻqitsang, bilimini koʻpaytiradi. 10 Egamizdan qoʻrqish donolikning boshidir, Muqaddas Xudoni bilish idrokdir. 11 Chunki donolik tufayli umringga umr qoʻshiladi. 12 Dono boʻlsang oʻzingga foyda, mazax qilsang oʻzing jabr tortasan. 13 Ahmoq ayol shallaqi va farosatsizdir, u hech narsani bilmaydi. 14 Uyining eshigi oldida, shaharning eng baland joyida oʻtirib, 15 yoʻlida toʻgʻri yurgan, yonidan oʻtib ketayotganlarni: 16 "Kimki sodda boʻlsa, bu yoqqa kelsin", - deb chaqiradi, aqlsizlarga shunday deydi: 17 "Oʻgʻirlangan suv shirindir, berkitib yeyilgan non mazali." 18 Lekin u yerda arvohlar borligini, uning mehmonlari oʻliklar diyorining qaʼrida ekanligini bilmaydilar.Hvilken glede jeg får Vio mi necesidad سبحوا هللوا .. مجدوا الإله Если душу грех теснит Hou die oog op Jesus / Ons enigste Troos Alléluia jạyyn nhtf De Jesús escucha el tierno llamamiento EL SEÑOR MARCHANDO VÁ Σαν Το Ελαφι
Song not available - connect to internet to try again?