1 Shoh Lemulning soʻzlari. Bu soʻzlarni unga onasi oʻrgatgan: 2 "Oʻgʻlim, nima desam ekan? Nima deyin, ey jigarbandim? Xudodan tilab olgan oʻgʻlim, senga ne aytay? 3 Quvvatingni xotinlarga berma, shohni buzadiganlarga hayotingni sarf qilma. 4 Ey Lemul, shohlar uchun emas sharob, may amaldorlar uchun emas! 5 Ular ichib qonunni unutadi, ezilgan xalqni hukm etishda egrilik qiladi. 6 Mayni halok boʻlayotganga, sharobni qaygʻu chekkanga bergin. 7 Ular ichib kambagʻalligini unutsin, falokatlarini eslamasin. 8 Ogʻzingni gung uchun ochgin, boshiga kulfat tushganlarning tarafini olgin. 9 Gapir, adolat bilan hukm qil, bechora va kambagʻallarni himoya qil." 10 Farosatli xotinni kim topa oladi? Uning bahosi gavhardan ham baland. 11 Eri unga yurakdan ishonadi, hech narsaga muhtoj boʻlmaydi. 12 U eriga yomonlik emas, bir umr yaxshilik qiladi. 13 Jun va surp topadi, xursand boʻlib oʻz qoʻli bilan ishlaydi. 14 Savdo kemalari kabi uzoqdan nonini keltiradi. 15 Qorongʻida oʻrnidan turib, uy ahlini ovqatlantiradi, xizmatkorlariga topshiriq beradi. 16 Niyat qilib, dala sotib oladi, oʻz qoʻli bilan uzumzor yaratadi. 17 Belini mahkam bogʻlab, qoʻllariga quvvat beradi. 18 Qilgan ishining rohatini koʻradi, tunlari ham chirogʻi oʻchmaydi. 19 Qoʻlini charxga qoʻyadi, barmoqlari ip yigiradi. 20 Kambagʻallarga qoʻlini uzatadi, muhtojlarga rahm qiladi. 21 Uy ahli uchun qish-qirovdan qoʻrqmaydi, chunki ular hammasi qalin kiyintirilgan. 22 Oʻzi uchun soʻzana tikadi, libosi kimxob va shoyidandir. 23 Eri yurt oqsoqollari orasida oʻtiradi, shahar darvozasida tanilgan. 24 Yana shoyidan kiyim tikib sotadi, savdogarlarga belbogʻ yetkazib beradi. 25 Libosi - quvvat, sharaf, u kelajakka qarab quvonadi. 26 Donolik bilan soʻzlaydi, mehr bilan nasihat qiladi. 27 Uy ahliga yaxshi qaraydi, dangasalik qilmaydi. 28 Bolalari turib uni duo qiladi, eri ham maqtaydi: 29 "Farosatli ayollar koʻp, ammo sen hammasidan aʼlosan." 30 Joziba aldamchi, chiroy esa oʻtkinchidir, ammo Egamizdan qoʻrqadigan ayol koʻkka koʻtariladi. 31 Mehnatining mevasini koʻrsin, ishlari darvozalarda uni sharaflasin.К Тебе руки вознесу Эр кесни Рабби багъышламакъ истей Бывают в жизни трудные минуты mn dẖạ ạldẖy qạl Zaplav ma láskou Čujte, vzácna krásna pieseň! 보이지 않는 영원한 왕 Танръ Кючюк Фарелери Isa bizdiń berik panamyz Раббе езгилер сьойлерим
Song not available - connect to internet to try again?