1 Quyidagilar ham Sulaymonning hikmatlaridir. Bu hikmatlar Yahudo shohi Hizqiyoning odamlari tomonidan yozib olingan. 2 Ishlarni sirli qilish - Xudoning shuhrati, ishlarni tekshirib bilish esa shoh sharafidir. 3 Osmon baland, dengiz chuqur, shohning yuragi ham shunday, uni tushunish qiyin. 4 Kumushdan chiqindini olib tashla, oʻshanda undan yaxshi idish yasaladi. 5 Fosiqni shoh oldidan chiqarib tashla, shunda shohning taxti haqiqat bilan mustahkam boʻladi. 6 Shohning oldida oʻzingni yuqori qoʻyma, ulugʻ odamlar turganda toʻrga chiqma. 7 Chunki oʻzing koʻrib turgan asilzodalar oldida birov seni poygakka tushirgandan koʻra, "Toʻrga oʻting" degani yaxshiroq. 8 Shoshilib arz qilma, oxirida qoʻshnilarning oldida uyalib qolsang nima boʻladi? 9 Qoʻshningning oʻzi bilan gaplash, sirni boshqalarga ochma. 10 Boʻlmasa, eshitganlar seni uyatga qoʻyadi, noming bir umrga yomon boʻladi. 11 Oʻz oʻrnida aytilgan soʻz tilla uzukka qoʻyilgan yoqut koʻzdaydir. 12 Dononing tanbehi tinglagan quloqqa tilla sirgʻa va oltin bezakdaydir. 13 Sadoqatli xabarchi uni yuborganlarga jazirama oʻrim paytidagi salqin suvdaydir, xoʻjayinining qalbini sevintiradi. 14 Qilmagan sovgʻasi bilan maqtanadigan odam yomgʻirsiz bulut va shamol kabidir. 15 Sabr-toqat bilan gapirilsa amaldor ham koʻnadi, muloyim soʻz toshni ham sindiradi. 16 Asal topsang, yetarlicha yegin, ortiqchasi qayt qildiradi. 17 Qoʻshningnikiga hadeb kiraverma, boʻlmasa sendan bezib, yomon koʻrib qoladi. 18 Oʻzgaga qarshi soxta guvohlik bergan odam bolta, qilich, oʻtkir oʻqqa oʻxshaydi. 19 Tashvishli kunda vafosizga suyanish singan tish va choʻloq oyoqqa ishonish kabidir. 20 Gʻamgin odam oldida qoʻshiq aytish ayozda ust-boshini yechib tashlaganday, jarohatga sirka surtish kabidir. 21 Dushmaning och boʻlsa, ovqat ber, chanqagan boʻlsa, suv ichir. 22 Shunda uning boshiga yonayotgan choʻgʻ yiqqanday boʻlasan, Egamiz esa seni taqdirlaydi. 23 Shimoldan esadigan shamol jala, gʻiybat esa gʻazab keltiradi. 24 Urishqoq xotin bilan keng uyda yashagandan koʻra, loy tomning bir chetida yashagan yaxshiroq. 25 Uzoq yurtdan kelgan xushxabar charchagan odamga sovuq suv kabidir. 26 Fosiqqa bosh eggan solih loyqalangan buloq va buzilgan quduqdaydir. 27 Koʻp asal yeyish yaxshi emas, izzattalab boʻlish ham hurmat keltirmaydi. 28 Oʻzini tuta olmaydigan odam devorsiz vayrona shahar kabidir.Есүс бүх үндэстний найдвар Шукур чин Қалбимиздан Árbir qımylym Sende Isa Mahakasih Yang Ilahi ạ̉nạ sẖms ạlbr Cel ce stă sub ocrotirea Баяртайгаар ялалтын дуугаа Миний цорын ганц хүсэл ىرايىمىڭدى جەرگە مول تۅكتۉڭ Стройтесь дружными рядами
Song not available - connect to internet to try again?