Ey, muqaddas Tangri taolo! Boshim uzra panoh Sen. Har qadamim nazaringdadur, Qilmishimdan ogoh Sen. // Soʻqir boʻlgan qalb koʻzlarim, Oʻzing ochding Masihim! Kechirimli parvardigor, Ruhimga kel hamroh Sen. // Najot berding, Menga kel Sen. Edim osiy gumroh Men, Meni shuncha, aziz etding. Garchi Men kim, tuproq Men. // Qalbimga boʻlding Shohanshoh. Sensan Mening Masihim! Jon-u tanim kuylar Seni, Qoʻlda gʻijjak segoh Men. // Borar joyim aytding behisht, Eng muqaddas dargoh Sen. Mehr-u shavqat faqat Senda, Inson sevar Olloh Sen! // Hayotimda porloq quyosh, Sensan oʻzing Masihim! Bor vujudim Senga fido, Nola qilgum devon Men. // Ey, muqaddas Tangri taollo! Boshim uzra panoh Sen. Har qadamim nazaringdadur, Qilmishimdan ogoh Sen. Soʻqir boʻlgan qalb koʻzlarim, Oʻzing ochding Masihim! // Kechirimli parvardigor, Ruhimga kel hamroh Sen. //You Can Go Svetom blúdil som Anima Christi من سماء لمذود Alle burde kjenne til Желге ыргалып шак-бутагы сеңселет هو الرب Ты Царь O Rəblə ki, rahət oluram, mən Ona xitabəm أنا لامس حبك
Song not available - connect to internet to try again?