Ey Rabbiy, Sen uchun yashagum maqsad, Armonga aylanib qolmasin bu kun. Gʻalaba tojini etarmanmi zabt, Mening butkul vujudim oʻrtanur bugun. Qoʻlim siltab barini tashlagum ortga, Ammo yashash kerak tiriklik tashvish. Bari uchun vaqtimni toparman har chogʻ Lek Senga ibodatim yetolmas biroq. Oh Rabbiy, bu holat oxir ne kechar? Oxirat savollari qalbimda suzar. Bemaʼni, bekorchi vaqtdan asragin, Bu vujud bir boʻshliq Sensiz kerakmas. Dangasa bu qalbim turtkila oʻzing, Bu vujud Sen uchun yashamoq kerak. Osh berib, tuz tortiq, sutga choʻmdirgan, Axir Sen emasmu, yagonam Egam? Vijdonim oʻrtanib, oʻt olov qalbim. Sen uchun kimman men bir xudbi noshud. Berganing haqiga na bitta shukur, Aytolmas dangasa, devona koʻngil. Oh Rabbiy, bu holat oxir ne kechar? Oxirat savollari qalbimda suzar. Bemaʼni, bekorchi vaqtdan asragin, Bu vujud bir boʻshliq Sensiz kerakmas.Танрым, севдим Сəни мəн бүтүн варлығымла byḥbny msẖ lạ̉n ạ̉nạ ḥbyth О люди Иисуса славьте Тек қана Исада бақыттымын мен Кога в любов небесна К Тебе несется песнь моя نحن لا نخشي أبداً Ty, Panie znasz mą całą drogę życia Մանուկներ ենք մենք դեռ շատ փոքրիկ Радуйтесь ныне
Song not available - connect to internet to try again?