// Ey Tangrim, meni Oʻzing asragin, Chunki Sendan panoh topganman. // // Men Xudovandga dedim Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa men uchun xayr yoʻq. // Menga mashvarat bergan Xudovandni olqishlayman, Kechalari oʻz botinlarim menga oʻgit qilar. // Xudovandni doim koʻz oldimda koʻraman. U oʻng tomonimda boʻlguncha tebranmasman. // Shul bois mening dilim quvonur, Tilimdan shodu hurramlik toʻkilur. Tanim ham umidvor, bexatar boʻlur, Sen oʻliklar diyoriga tashlab ketmaysan jonimni. Oʻz azizingga chuqurlik yuzini koʻrsatmaysan. Sen hayot yoʻlini menga bildirasan. // Baxt quvonchlar toʻkindir huzuringda, Boqiy halovatdir Sening oʻng qoʻlingda. // // Ey Tangrim meni Oʻzing asragin, Chunki Sendan panoh topganman. // // Men Xudovandga dedim Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa men uchun xayr yoʻq. //Беним Ичин Сен, Парлаян Ъшък; Сен, Инсана Яшам Вновь повторяла за Тобою Glória Хəјалым Доланыр Честь Тебе Спаситель слава พระองค์ผู้ทรงงดงาม Magnificent I profumi tuoi ИДЕГЕЛИВИС Ty jesteś Bogiem mym
Song not available - connect to internet to try again?