Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying, Yurak toʻla xasratni qoʻying. "Xursand yuring"- deydi Xudovand Duo qiling, laʼnatni qoʻying! Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying, Yomonlamang, nafratni qoʻying. Kemirmasin qalbni - yurakni, Shodlaning siz, kulfatni qoʻying! Yomon qalb xoʻp yomonlik yigʻar, Tuzalmaydi u chaqsa agar. Rabbing aytgan soʻzga quloq sol Yaxshi qalbdan yaxshilik chiqar. Qimni izmidasan qara, boq! Yuragingda kim hokim mutloq. Xudo boʻlsa qalbing taxtida Sevgi boʻlar senda bir qaynoq. Xursand yursang Xudo shod boʻlar, Turmushing ham xoʻp obod boʻlar. Marhamatlar cheksiz, payonsiz Gʻamu tashvish senga yot boʻlar. Ulugʻlagin, Unga sano ayt, Shaytonga qul boʻlishdan kel, qayt! Quchoq ochib Rabbing kutmoqda Unga qaytish uchun keldi payt... Qayting Sizni Rabbingiz kutar!พระเจ้าอัศจรรย์ BAWIPA A BIAKINN THIANG AH A UM dāng dì xiōng ruǎn ruò de shí hòu غير لي معنى حياتي Ja verím Ей Якуб'ун Танръсъ Эй Исо, мунҷиям Улуу Кудай, ааламдын Ээси Ей Кючюк Бейтлехем Шехри, Не Кадар Сессизсин! أغلى الأحباب
Song not available - connect to internet to try again?