Gohida unutib insonligimni Isbotlab nafsga qurbonligimni Oʻtginchi xavas-u shuhratga uchib Kechirgil bilmasam nodonligimni Garchi eng gunohkor farzandingman e voh Mehr-u muruvvating ayama Rabbim Nelarga tushmagan axir bu koʻzim Nelarni demagan uzun til, soʻzim Ne-ne qilmishlarni bajarib qoʻlim Nahotki bariga sababchi oʻzim Yuziga boqdim-u otajonimni Dilini yoqdimu onajonimni Ne savdolar solib ular boshiga Yetmadim qadriga jonajonimni Yoʻqlamay vaqtida doʻst-u birodarni Siylamay gʻarib-u muhtoj bemorni Fursat topa bilmay savob ishlarga Oʻtsa umr kechir men darbadarni Baʼzan farzandimga boʻlib beshafqat Koʻnglini ogʻritib qoʻysam-u albat Unutib eng oddiy muruvvatni ham Uzr uzoqlashsa mendan oqibat Zulm koʻrib mendan juftu halolim Ogʻir botsa baʼzan mushkul malolim Urayin boshimni qaysi toshlarga Karaxtman qarshingda yoʻqdir savolimأملكن في أرضنا พระเจ้าชีวิต nsẖkr kl ḥyn ạ̹lhnạ ạlạ̉myn Mun vuosi vereni شكراً شكراً يا فادينا Dünyamıza Geldin Sen Tu Mérites la Gloire Voi slavi pe salvatorul Ыйса сүйүүнү көрсөттүң Թագավորական Սերունդ Ես Դու
Song not available - connect to internet to try again?