Hayot boʻronida ruhing qiynalsa, Aybu bulutlar yoʻlingni toʻssa, Rabbiy mehribonliklarin esla, Quvonasan hayron boʻlib qalbingla. Rabning sevgisini kuzatib turgin, Hammasini tilingda takrorlagin. Mehrini hayolingda eslab turgin, Qilgan ishlariga hamdu sano aytgin. Tashvish gʻamlar boshingga tushsa, Katta musibat joningni qiynasa, Rabning sevgisini qayta eslagin, Qalbing xotirjam boʻlur,sen quvongin. Badavlat odamni hayotda koʻrsang, Kamsitilib ogʻir xijolat tortsang, Unutmagin boyliklaring Xudoda, Oltindan qimmat bu baxtlik samoda. Ruhda dadil boʻl,Masihga qara, Uning qudrati madaddir bizga, Ota sevgisin yodingda tutgin, Quvonasan orom topib qalbingla.İMAN EDİN Ikkilanuvchi qṣẗ ạlḥb روح الله أملأنا سوف أمشي Xudo bilan murosadaman Ако всичко имах без Исуса yạ ʿywn ạlrb ạlshrạnẗ 我们都看到 bǎ nǐ de rén shēng jiāo gěi zhǔ zhǎng guǎn
Song not available - connect to internet to try again?