Meni qutqarmoqqa Jazm etgan Xudo. Qalbga ilhom berib Nazm etgan Xudo. Tavba qilsa banda Bazm etgan Xudo Hayot kitobiga Yozsin ismingni. Doʻzahdan asrasin Ruhu, jismingni. Shart emas sen dono, Yo zoʻr boʻlishing Uni qiziqtirmas Yo "gʻoʻr" boʻlishing. Faqat dunyo uchun Kerak oʻlishing Hayot kitobiga Yozilgay isming. Jahannamda kuymas Abadiy jisming. Bitta haqiqatni Tan olmoq kerak, Iso - Xudo Oʻgʻli Tan olsin yurak. Oʻlib tirilgani Rost degin beshak Hayot kitobiga Yozilgay isming. Doʻzahda kuymagay Abadiy jisming. Toʻkkan qoni aziz Muqaddas deb bil, Oʻqi Kalomini Va aytganin qil. Iso Najotkorim Desa agar til Hayot kitobiga Yozilgay isming Doʻzahda yonmagay Abadiy jisming. Ishon gunohingni Kechirganiga Barcha gunohingni Oʻchirganiga. Sharaflar aytolsang Xudo shaniga Hayot kitobiga Yozilgay isming. Jahannamda kuymas Abadiy jisming. Mashaqqat chekib ham Ololmas inson Solihlik Xudodan Berilgan inʼom Iso nomi bilan Ulugʻla, ishon Hayot kitobiga Yozilgay isming Doʻzahda kuymagay Abadiy jisming.ฉันรู้แล้ว ฉันรู้ดี I Know It mwsyqy̱ 1 Прославляй ʿly ʿnạdh Tu sei con me Track 8 Berg: Doen slegs U wil Heer Севги, Севги Асла Зевал Булмаз Ruhsal Silahlarla Kuşanalım Czy twe serce w Jezusie szczęśliwe
Song not available - connect to internet to try again?