Xochda oʻlim koʻrganga qoni bilan bizni, Oʻlimdan qutqarganga ayting madhiyani. Har bir inson Masihga minglab rahmatlar aytsin, Unga inson dillarida sevgi alangalansin. // Yuz ming yuz ming shukr, Unga qoʻshiqlar aytaylik. Bizga najot berganiga, Uni ulugʻlaylik. // Agar mumkin boʻlsaki Masihga keltirsak, Dillar, jonlar shunchaki sanay ololmasa. Yuz ming inson keltirsin shon-shuhratlar Unga, Hurmat dustlik koʻrsatsin U eng yaqin bizga. Masihdan minnatdormiz chunki har soatda, Sevganini sezamiz duo berar bizga Foniy hayot ummoni orqada qolganda, Qoʻshiq ado boʻlmaydi Najotkor Rabbimga. Xochda oʻlim koʻrganga qoni bilan bizni, Oʻlimdan qutqarganga ayting madhiyani. Har bir inson Masihga minglab rahmatlar aytsin, Unga inson dillarida sevgi alangalansin.إني أحب الرب Worlds Apart Mulţumim o Tatăl nostru Nagy erő van Salvo por siempre Dovoľ mi vravieť jyl yṣnʿ ạltgẖyyr يمكن أكون 주 앞에 hl jlst bhdwʾ
Song not available - connect to internet to try again?