Tongni qarshi olganim Sovgʻadir bu Xudodan. Demak bugun tirikman Baxramandman ziyodan. Umr berib, rizq berib Qoʻymagan hech duodan Xudoyim olqishlayman Umrimni bagʻishlayman. Har bir inson ustida Uning rejasi buyuk, Magʻrurlarga U qarshi Kamtarlar Unga suyuk. Rabbim Iso orqali Qolmadi yelkamda "yuk" Xudoyim olqishlayman Umrimni bagʻishlayman. Sev deb aytmang endi hech Menga hamma yoqadi. Dushmanimni oʻylasam Tilga duo qalqadi. Axir gunohkor edim Xudovand yorliqadi Xudoyim olqishlayman Yuragim bagʻishlayman. Solih boʻlish uchun hech Odamda imkon yoʻqdir, Xudo rizq bergani-chun Qushning ham qorni toʻqdir Xudo Sevgi boʻlmasa Zaminda hayot yoʻqdir Xudoyim olqishlayman Qalbimni bagʻishlayman. Ozod yashashchun bugun Xudoni Oʻgʻli kerak, Xudoni bilmoq uchun Xudoni Oʻgʻli kerak. Imon bilan gar aytsang Ishonsa chindan yurak Xudoni olqishlayman Umrimni bagʻishlayman.Atâţia obosiţi La bellezza del Tuo volto yswʿ ạ̹lhnạ Günah bir Ölümdür Za Jordán hạ ʿywn ạlkl ạ̹yạk ttrjy̱ Años mi alma en vanidad Aj keby nekvitol fík yạ ḥyạẗ ạlqlb Может быть вы замечали порою
Song not available - connect to internet to try again?