Sendan oʻzib ketganni koʻrsang Yoki toʻzib ketganni koʻrsang Ruhan sizib ketganni koʻrsang Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan! Bildim senga yoqmaydi hech kim Manmanliging koʻrib boʻldim jim Bir soʻz aytgan kalomda Rabbim: "Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!" Yerdan boʻlgan yerga xos soʻzlar Ruhga yorlar samoni koʻzlar Koʻrsin desang ziyoni koʻzlar Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan! Men hech kimman Xudo bermasa Yillab jimman Xudo bermasa Bersa aytgum hatto qargʻasa Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan! Gar yoqmasa soʻzim indama Shunday sevgin, qilmayin taʼna Birodarim iltimos yana: Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan! Rabbimga men duoda boʻldim Sano aytib ziyoda boʻldim. Faqat Rabbim Hukmdor bildim Hukm qilma, mahkum boʻlmaysan!ᠶᠡᠬᠡ ᠡᠵᠡᠨ ᠢᠷᠡᠬᠦ ᠬᠦᠷᠲᠡᠯᠡ Te Podemos Sentir You are Good Кутсал Олан Йюдже Раббимиз Иса Прекрасно е Името Sən Dünyanı Xilas Etdin Əgər mən insan Zídení, ako rodina Глаза любимых Avlod sen tinglarmisan
Song not available - connect to internet to try again?