Kechir, Rabbim, Sendan uzr soʻrayman, Kechir, oldingga juda kech kelmoqdaman. Kechir, ertaroq kelmaganim uchun, Boshqa bir doʻstni tanlaganim uchun. Kechir, Senga qarshi tushgan xayolni, Kechirgin, Seni ranjitgan jonimni, Kechir, Senga yana gʻurbat keltirdim, Ishlarim-la Seni xochga mixladim. Biroq jonimni hayotga uygʻotding, Qalbimga tegdi zabardast qoʻllaring. Oʻtgan yoʻllarimga koʻzimni Sen ochding, Gunohga botishimga yoʻl qoʻymading. Turdim ibodat qilib huzuringda, Yetakla meni qoʻling bilan olgʻa! Hayotimni men Senga bagʻishladim, Yordam ber menga hayot janglarida. Vaʼda berdim men Seni ulugʻlashga, Soʻzim va ishim bilan madh etishga. Odamlar menda yorugʻingni koʻrsin, Va yogʻdu olib hamma Senga kelsin. Hamma Senga kelsin!Tvůj majestát Canon à 4 voix Kersfees: Kom alle getroues en Kom loof die Heer O'nun Adı Rab По всему идите миру слышим мы призыв Христов Християн'ън Дуасъ Keď ako chlapec Náš Boh je mocný Îl slăvesc pe Salvatorul zài gěi wǒ yī cì jī huì
Song not available - connect to internet to try again?