Agar qalbing topmasa shifo Yuragingda boʻlmasa ziyo Har qadamda boʻlsa muammo Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim! Gunoh ishga qaytmagin, doʻstim! Ogʻir kunlar kelsa boshingga Kelmay qoʻysa doʻstlar qoshingga Putur yetib goh bardoshingga Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim! Imoningdan qaytmagin, doʻstim! Sinov kelsa shayton makridan Baʼzan yomon tilning zahridan Qoʻrqqin Yaratganning qahridan Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim! Ishonchingdan qaytmagin, doʻstim! Goʻzal janonaga chopmagin Yoring turib, boshqa topmagin. Qalb eshigin zinhor yopmagin Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim! Imoningdan qaytmagin, doʻstim! Mayli yigʻla, Xudo qoshida Xasrat yotar koʻzning yoshida. Masih keldi asr boshida Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim! Masihga kel, qaytmagin doʻstim! Najot keldi Iso Nomida Kel, yashama xasrat domida Xudo tirik har kalomida Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim! Masihga kel, qaytmagin doʻstim!امسك يدي Modlitba v poušti hé děng jiù ēn ạlʿdẖrạʾ wywḥnạ Laat almal weet dat Jesus die Koning is Ետ Դարձեք Հիսուսին We will dance Ұлылық, салтанат yạ rwḥ ạllh sr ạlḥyạẗ Кызмат кылам түбөлүк Теңирге тирилген
Song not available - connect to internet to try again?