// Inson qilib keltirding bu yorugʻ olamingga, Shukur qilib yashayman, bergan har bir kuningga. // Kuch ber, quvvat ber Tangrim dogʻ tegizmay Nomingga, Oʻtkinchi bu dunyoda qoʻlla meni ilohim. Kuch ber, quvvat ber Tangrim dogʻ tegizmay Nomingga, Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim. // Emgaklagan boladek talpinaman bagʻringga, Imon bergin Otajon, sabot bergin sabrimga. // Umid bilan yashayman uchramay deb qahringga, Muborak yuzlaringni koʻray men ham ilohim. Umid bilan yashayman uchramay deb qahringga, Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim. // Bilmadim hali qancha sinovlar kutar meni, Oldinda nimalar bor, ne domlar yutar meni? // Lek yuragimda saqlab olqishlay Tangrim Seni, Yengib oʻtay barchasin quvvat bergin ilohim. Lek yuragimda saqlab olqishlay Tangrim Seni, Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim. // Yolgʻonchi shayton bilan ketayotgandim qochib, Xochda toʻkding qoningni ruhiy koʻzlarim ochib. // Kutardim meni o Tangrim yoʻllaringga gul sochib, Jon-u tanim, ruhimni qoʻlingga ol ilohim. Kutardim meni o Tangrim yoʻllaringga gul sochib, Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim. Quvvat bergin ilohim, quvvat bergin Xudoyim, Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.Имрӯз чӣ рӯзест, рӯзи шодӣ Ту нум баланд Любовь Не Бросит Нас உன்னதமானவரின் உயர் மறைவில் Дверку в сердце я открою rby wạlhy ạḥbk بدي افهم فهمني క్రొత్త కీర్తనా పాడుడి Mba mifohaza re, henoy izao Ни злато, ни сребро
Song not available - connect to internet to try again?