Haqni izlaganlar Izlab kelganlar, Haqni topmay gʻamu Anduh yeganlar. Xudo bormi oʻzi, Qani deganlar Iso Masih keldi Sizlarni izlab! Gumonni qoʻyinglar Gumon imonmas, Imonsiz Xudoni Koʻrsa inonmas. Dunyoni sevdi U Hech kimdan tonmas Iso Masih keldi Sizlarni izlab! Bugun qandaysiz siz, Qay ahvoldasiz, Boymisiz va yoki Nochor holdasiz. Xudoga muhtojman Degan barchangiz Iso Masih keldi Sizlarni izlab! Hammasin roʻyi rost Ochib berdi U Xudoyim mehribon, Sevgi derdi U. Siz aslo topolmas Xudodan mangu Iso Masih keldi Sizlarni izlab! Hali ham Xudoni Bilmovchilar bor, Xudo jazolaydi Deguvchi bisyor. Tanishtirib bizga Xudoni takror Iso Masih keldi Sizlarni izlab! Bugun imkoningiz Qoʻlingizda bor, Sizga bagʻrin ochib Xudo intizor. Borligʻin jo qildi Oʻgʻliga ilk bor Iso Masih keldi Sizlarni izlab!Veniți la adunare o fraților iubiți Túnekte men jalǵyz júrdim Иса гелди бана Нефеси Олан Grazie КУТСАЛ ГЮВЕНДЖЕ Pe Petru l-au legat مقدمه - راجع إليك 1 Қудритим Худа Otmagay tonglar hamisha
Song not available - connect to internet to try again?