Bu bir kam dunyoni Bilgan yaxshidir. Dunyoda kasbu kor Qilgan yaxshidir. Odam gʻanimatdir Umr oʻtkinchi Xudoni sevganlar Inson naqshidir. Insonlar ichida Iso yaxshidir! Tirikchilik deymiz Tinchlik bilmaymiz. Eng zarur narsani Bilib qilmaymiz Nega bilmadimu Bilganim shudir: "Xudoni sevganlar Inson naqshidir" Insonlar ichida Iso yaxshidir! Umr qizgʻaldoqqa Oʻxshaydi juda, Teginsang toʻkilar Huda-bexuda. Bevaqt toʻkilmaslik Maqsad ham shuda: Xudoni sevganlar Inson naqshidir. Insonlar ichida Iso yaxshidir! Xudoni istasang Rabbimga boqqin. Odamlarni sevib Rabbimga yoqqin. Yonib tur, yoqguvchi Boʻlgin bir chaqin. Xudoni sevganlar Inson naqshidir. Insonlar ichida Iso yaxshidir! Inʼomin qabul qil Xudoni sevsang, Ozodsan, gʻolibsan Isoni sevsang. Qiyomatda boʻlmas Aslo holing tang Xudoni sevganlar Inson naqshidir Insonlar ichida Iso yaxshidir!Jesus med deg vil jeg leve her 好时光 اسماندا پەرىشتەلەر Никогда нигде не увижу я ạ̉stṭyʿ kl sẖyʾ Consume Me Scumpa e comoara mântuirii tale İsa, Diri Umudum NAD VŠETKO SI TY frḥaⁿạ ạ̉frḥ bạlrb
Song not available - connect to internet to try again?