Koʻnglimga halovat huzur izladim Goho yoqmaganni yolgʻon "Siz"ladim Tinchlik topmay baʼzan egildi qaddim Tinchlikni birodar, Isoda topdim. Dard cheksam dardimga davo yoʻq edi, Koʻnglimni ovitar navo yoʻq edi. Sadoqat yoʻq edi, vafo yoʻq edi Vafoni shu safar Isoda topdim. Sevguvchi koʻp edi hammasi yolgʻon, Mehri yolgʻon, ishqi, tavbasi yolgʻon Chin doʻst istar boʻlsang agarda inson Chin doʻstni kim izlar, Isoda topdim. Inoyatga muhtojmiz hammamiz asli Gunohga qul boʻldik bu Odam nasli Najotga muhtojmiz, yashamoq fasli Najotni faqat bir Isoda topdim. Xudoyim sevgisi, shavqatidir bu Xudoning yoʻli bu, haqiqati bu Mislsiz Sevgisi va toqati bu Toqatni kim istar Isoda topdim.يا سندي وعزي وفخري Venez bâtissons Господният ден Iltijo Не дай мне Бог تەڭىرىم، ۅمۉر بەردىڭ بىزگە جاڭى Duchu Święty, Boże przyjdź Мы теперь уходим понемногу Ինչ Մեծ ես Դու Ով Իմ Աստված Вся хвала Тобі наш Бог
Song not available - connect to internet to try again?