Qaygʻu azoblarga toʻlib, koʻzidan yosh oqadi, Iso Oʻzi bogʻda qolib, samoga nazar soldi. Oʻlish vaqti yaqin qoldi, yuzidan qon oqyapti, Ilhomlangan ibodati Unga beradi. // Kechir meni, kechir Masihim, Yuragimni ochdim Masihim. Yuragimni koʻrgin Masihim, Senga oʻxshay, Senga Masihim. // Tilaydi jahon haqida, qiynalgan daqiqada, Bir Oʻzi qorongʻulikda, yoʻldoshlari qayerda? Iso duo qilar bogʻda izdoshlari haqida, Yuzidan ter va qon oqar, keldi doʻstlar yoniga. Uxlamaglar tong otguncha, oʻlimim yaqinlashdi, Ahd qoni toʻkilmaguncha uygʻoq boʻlinglar endi. Notoʻgʻri odimlar tashlab,xiyonatchiyam keldi. Rabbimiz uni qarshilab,oʻrnidan turib chiqdi. "Hoy doʻstim" dedi Rabbimiz,oldimga nega kelding?! "Shodlan Ustoz" deya Yahudo Unga xiyonat qildi. Gʻazab bilan baqirganlar oʻlimin talab qildi, Xohlamaymiz deb insonlar oʻz Masihin rad etdi. Biz uchun xochda oʻlganda Najotkor Rabbimiz, Boʻron boʻlib er yuziga qorongʻu tushdi cheksiz. Goʻrlar ochilib Goʻlgota qimirlab turar edi, Maʼbadning aziz pardasi qoʻlsiz yirtilib ketdi.Ať požehnán je Bůh Only Wanna Sing mhmạ ḥạwl ạ̹blys 神与我同在 Нааш ир бүгдээрээ hllw hllwyạ Дерин Бир Севинч, Севинч, Севинч, Севинч Jak to dobrze wiedzieć, żeś Ty, Jezu Tänne, Jeesus, tulimme Нужда любви
Song not available - connect to internet to try again?