Kechir meni Ollohim, Ishonchim senda doim. Kechir meni Podshohim-ey, // Ishonchim senda doim! // Dilga Seni kech soldi Mendek gunohkor banda. Kechir, bundan avvalroq Seni taniy olmabman. // Shayton soʻziga kirib, Senga quloq solmabman. // Kechir meni Ollohim, Ishonchim senda doim. Kechir meni Podshohim-ey, // Ishonchim senda doim! // Men notavon Sen bilan Behuda janglar qildim. Olovli oʻqlar otib, Aobladim, hor qildim. Hatto madad bermabman-ey, Oʻsha mashʼum bahorda, // Yovuzlar qiynaganda, Nuridiydangni xochda. // Kechir meni Masihim, Ishonchim senda doim. Kechir meni Xudoyim-yey, // Ishonchim senda doim! // Ammo bir kun gʻaflatdan Uygʻondi sening quling. Yuragimga malhamdek Tegdi muborak qoʻling. Oʻtgan kunlar yodimda, Koʻzlarimni ochding Sen, // Gunohlar koʻp botqoqdan-ey, Zap qutqarib qolding Sen. // Kechir meni Xudoyim, Ishonchim Senda doim. Kechir meni Podshohim-yey, // Ishonchim Senda doim! // Mana, endi taʼzim aylab, Ibodatda turibman. Shak keltirish yoʻq endi, Porloq yoʻldan yuribman. Hayotim baxshida Senga, Qaytish yoʻqdur soʻzlardan, // Faqat endi, Tangrim, Meni asra yomon ishlardan. // Kechir meni Ollohim, Ishonchim Senda doim! Kechir meni Podshohim-yey, // Ishondim Senga doim! // Endi Sening nomingni Muqaddas deb bilgayman. Har ibodat qilganimda, Sen toʻgʻringda oʻylayman. Ey bandalar, uygʻoning, Nur koʻrindi: qanday soz! Kelaver Parvardigor, Dillar Senga poyandoz. Kelaver Masih-Ustoz-ey, Dillar Senga poyandoz. Kechir meni Ollohim, Ishonchim Senda doim. Kechir meni Podshohim-yey, // Ishonchim Senda doim! // Kechir meni jonim-yey, // Ishonchim Senda doim! //你思念我不过是一粒尘土 أريد أن أعرف mstḥq kl ạlmjd yǒu yī tiān 哈利路亚赞美父神 Bernyanyilah Merdu Światłością mą Pan أنا لست إلا غريباً هنا En saa, en tahdo elää itselleni Небесный дом
Song not available - connect to internet to try again?