Kechir meni Xudoyim, ishonchim Senda doim Kechir meni Podshohim ey, // ishonchim Senda doim. (2m) // Dilga Seni kech soldi, mendek gunohkor bandang. Kechir bundan avvalroq Seni taniy olmabman. // Shayton soʻziga kirib, Senga quloq solmabman. // Kechir meni Xudoyim, ishonchim Senda doim Kechir meni Podshohim ey, // ishonchim Senda doim. // Men notavon Sen bilan behuda janglar qildim. Olovli oʻqlar otib azobladim, xor qildim. Hatto madad bermabman oʻsha mashʼum bahorda, // Yovuzlar qiynaganda Nuridiydangni xochda. // Naqorat: Kechir meni Masihim, ishonchim Senda doim Kechir meni Podshohim ey, // ishonchim Senda doim. // Ammo bir kun gʻaflatdan uygʻondi Sening quling, Yuragimga malhamdek tegdi muborak qoʻling. Oʻtgan kunlar yodimda koʻzlarimni ochding Sen, // Gunohlar koʻp botqoqdan ey zab qutqarib qolding Sen. // Kechir meni Xudoyim, ishonchim Senda doim Kechir meni Podshohim ey, // ishonchim Senda doim. // Mana endi taʼzim aylab ibodatda turibman, Shak keltirish yoʻq endi porloq yoʻlda yuribman. Hayotim baxshida Senga qaytish yoʻqdir soʻzlardan, // Faqat endi Tangrim meni asra yomon ishlardan. // Naqorat: Kechir meni Masihim, ishonchim Senda doim Kechir meni Podshohim ey, // ishonchim Senda doim. // Endi Seni nomingni Muqaddas deb bilgayman, Har ibodat qilganimda Sen toʻgʻringda oʻylayman. Ey bandalar uygʻoning Nur koʻrindi qanday soz, Kelaver Parvardigor dillar Senga poyandoz. Kelaver Masih Ustoz ey dillar Senga poyandoz. Naqorat: Kechir meni Masihim, ishonchim Senda doim Kechir meni Xudoyim ey, // ishonchim Senda doim. //Қайғымды қууанышқа айландырдың 我们要相信神的话 Небесная ты родина Tuhan Allah, NamaMu Basit حركة عالبركة Грешников прежде ā bà fù Gdy wokoło straszna burza Largos años vagué
Song not available - connect to internet to try again?