Kechir Ollohim meni, Ishonchim doim Senda. Dilga Seni kech soldi, Mendek gunohkor banda. Kechir bundan avvalroq, Seni taniy olmabman. Shayton soʻziga kirib, Senga quloq solmabman. Men notavon Sen bilan Behuda janglar qildim. Olovli oʻqlar otib, Aobladim, hor qildim. Hatto madad bermabman Oʻsha mashʼum bahorda, Yovuzlar qiynaganda, Nuridiydangni xochda. Ammo bir kun gʻaflatdan Uygʻondi sening quling. Yuragimga malhamdek Tegdi muborak qoʻling. Oʻtgan kunlar yodimda, Koʻzlarimni ochding Sen, Gunohlar koʻp botqoqdan Zab qutqarib qolding Sen. Mana, endi taʼzim aylab, Joy namozda turibman. Shak keltirish yoʻq endi, Porloq yoʻldan yuribman. Hayotim baxshida Senga, Qaytish yoʻqdur soʻzlardan, Faqat endi, Sen, Meni asra yomon ishlardan.ạ̉ʿẓm ạ̹lh wạ̉ʿjb ạ̹lh Свадьба A colui Ny teninao The Nearmess Of You same god Мадақтаймын Сені Тәңірім È Cristo che vive Zaśpiewać chcę miłości pieśń Слез над мен, Святи Душе
Song not available - connect to internet to try again?