1 Ertangi kun bilan maqtanma, uning nima olib kelishini bilmaysan-ku! 2 Seni oʻzing emas, boshqalar, oʻz ogʻzing emas, oʻzgalar maqtasin. 3 Tosh ham, qum ham ogʻir, aqlsizning gʻazabi esa ikkovidan ham ogʻirroq. 4 Jahl - zolim, gʻazab bir toshqindir, rashk oldida kim bardosh bera oladi?! 5 Oshkora tanbeh pinhona mehrdan yaxshiroq. 6 Dushmanning shirin soʻzi emas, doʻstning kaltaklashi sadoqatni koʻrsatadi. 7 Toʻq odam asalni ham oyoq osti qiladi, ochga esa achchiq narsa ham shirin. 8 Oʻz uyini tashlab ketgan odam inidan ayrilgan qushga oʻxshaydi. 9 Xushboʻy moy va muattar atir koʻngilni shod qiladi, doʻstning samimiy maslahati quvonch keltiradi. 10 Oʻz doʻstingni va otangning doʻstini tashlab ketma, ogʻir kunda akangnikiga chopma, yaqin qoʻshni uzoqdagi akadan yaxshiroq. 11 Ey oʻgʻlim, dono boʻl, qalbimni quvontir, shunda birov meni tanqid qilsa ham, javob qaytara olaman. 12 Es-hushli odam xavf-xatarni koʻrib yashirinadi, sodda esa toʻxtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi. 13 Begonaga kafillik qilganning toʻnini yechib ol, ha, bunday aqlsiz odamdan kiyimini garov qilib ol. 14 Tong-saharlab doʻstiga hamdu sano aytgan odam unga laʼnat oʻqigan boʻladi. 15 Janjalkash xotin yomgʻirli kunda toʻxtamay tomayotgan chakkaga oʻxshaydi. 16 Uni boshqarish shamolni boshqarish yoki oʻng qoʻl bilan moyni ushlash demakdir. 17 Temir temirni oʻtkirlaydi, inson esa doʻstini. 18 Anjirni parvarish qilgan odam uning mevasidan bahramand boʻladi, sohibiga yaxshi qaragan izzat-hurmatga ega boʻladi. 19 Suv insonning yuzini aks ettirgani kabi, yuragi ham uning koʻzgusidir. 20 Oʻlim va Halokat hech toʻymaganiday, insonning koʻzi ham aslo toʻymaydi. 21 Kumush, oltin olovda sinaladi, odam esa maqtovda. 22 Ahmoqni keliga solib don bilan birga yanchsang ham, ahmoqligi undan ajralmaydi. 23 Qoʻylaringning ahvolini yaxshi bil, podalaringga yaxshi qara. 24 Chunki boylik ham, toj ham abadiy emas. 25 Oʻtlar qurib, yangi koʻkatlar oʻsib chiqqanda, qir-adirdagi oʻt-oʻlanlar yigʻib olinganda, 26 qoʻzilar kiyim-kechagingni, echkilar esa dala bahosini qoplaydi. 27 Echkilarning suti koʻp, senga ham, uy ahlingga ham, hatto xizmatkorlaringga ham yetarli boʻladi.fwq ạljmyʿ nrfʿ ạsmk hl ạ̉ftḥ bạb ạlḥb Celebriamo il nostro Dio Acı Bana Ya RAB Менинг Раббим, Сен буюксан Sláva Bohu Toujours content I'll be a sunbeam/ Jesus wants me for a sunbeam yạ ạ̹lhy yạ ḥbyby إنكار الأصنام
Song not available - connect to internet to try again?