// Kimki, Xudoyi Taoloning panohida yashar, Qodir Tangri soyasida orom topar ekan. // // U Xudovandga aytadi // // Oʻzingsan boshpanam, qasrim mening Umidim faqat senda Xudoyim. // Xudo meni ovchi qopqonidan ham Va vabo-qazodan xalos etar. U oʻz parlari bilan meni yopar, Qanotlari ostida behatar boʻlaman. Haqiqati menga qalqon va toʻsiq boʻlar, Na tungi vahimadan qoʻrqaman. Na kunduzi uchayotgan oʻqdan, Na zulmatda kezuvchi vabodan, Na qiyom chogʻi qiruvchi oʻlatdan, Mening yonimda mingtasi yiqilib. Tuman qulab ketsada oʻng yonimda Balo qazo menga yaqin yoʻlamas. Men faqat koʻzlarim bilan boqib, Fosihlarga berilgan jazoni koʻraman. Kimki, Xudoyi Taoloning panohida yashar, Qodir Tangri soyasida orom topar ekan. // U Xudovandga aytadi // // Oʻzingsan boshpanam, qasrim mening Umidim faqat senda Xudoyim. // // Xudovandni panohim deb bilganim uchun, Xaq Taoloni qoʻrgʻonim deganim uchun. // Tushmas boshimga biron bir falokat Yoʻlamas chodirimga ham qandaydir oʻlat. U oʻz farishtalariga men haqda amr etgay, Toki butun yoʻllarimda meni asrasinlar, Ular meni qoʻllarida koʻtarib ketarlar, Oyogʻim ham toshga qoqilib ketmas. Sher va boʻgʻma ilon ustidan bosib oʻtaman. Arslon va ajdarni ezib tashlayman! // U menga mehr bergani uchun qutqazaman Nomimni tan olgani uchun omon saqlayman. // U meni chaqirgan chogʻida javob beraman. Qaygʻuli kunida u bilan birga boʻlaman. Uni halos etib hurmatga sazovor qilaman. Uzoq umr berib koʻnglini toʻygʻazaman, Uzoq umr berib koʻnglini toʻygʻazaman, Najotkorligimni unga namoyon qilaman.ٴالٸحان قايدا؟ Аз ҷону дил хоҳам Туро, Масеҳ, ба қалби ман даро Иисус Твое Имя выше Gan Kuong Ah Keď spasení 他是基督 حوار الملك وحجلة bldy yạ rby My Peace Down, the giants are down (Affrontando i miei giganti)
Song not available - connect to internet to try again?