// Kimki, Xudoyi Taoloning panohida yashar, Qodir Tangri soyasida orom topar ekan. // // U Xudovandga aytadi // // Oʻzingsan boshpanam, qasrim mening Umidim faqat senda Xudoyim. // Xudo meni ovchi qopqonidan ham Vabo-qazodan seni xalos etar. U oʻz parlari bilan meni yopar, Qanotlari ostida behatar boʻlaman. Haqiqati menga qalqon toʻsiq boʻlar, Na tungi vahimadan qoʻrqaman. Na kunduzi uchayotgan oʻqdan, Na zulmatda kezuvchi vabodan, Na qiyom chogʻi qiruvchi oʻlatdan, Mening yonimda mingtasi yiqilib. Tuman qulab ketsada oʻng yonimda Balo qazo menga yaqin yoʻlamas. Men faqat koʻzlarim bilan boqib, Fosiqlarga berilgan jazoni koʻraman. Xudovandni panohim deb bilganim uchun Haq Taoloni qoʻrgʻoning deganing uchun Xudovandni panohim deb bilganim uchun Yaratganni panohim deganim uchun Tushmas boshimga biron bir falokat Yoʻlamas chodirimga ham qandaydir oʻlat. U oʻz farishtalariga men haqda amr etgay, Toki butun yoʻllarimda meni asrasinlar, Ular meni qoʻllarida koʻtarib ketarlar, Oyogʻim ham toshga qoqilib ketmas. Sher va boʻgʻma ilon ustidan bosib oʻtaman. Arslon va ajdarni ezib tashlayman! // U menga mehr bergani uchun qutqazaman Nomimni tan olgani uchun omon saqlayman // U meni chaqirgan chogʻida javob beraman Qaygʻuli kunida u bilan birga boʻlaman Uni halos etib hurmatga sazovor qilaman Uzoq umr berib koʻnglini toʻygʻazaman Uzoq umr berib koʻnglini toʻygʻazaman Najotkorligimni unga namoyon qilaman.Слова Христа Берегите своих матерей, как цветы от холодной вьюги: Иса сегодня здесь You are the rock of my salvation Прилагам Кръвта на Исус Dusz rybakami uczynię was Это знаем только я и Ты Ölum Kapısında Твоя Любов Elijášova modlitba
Song not available - connect to internet to try again?