Kimdir kuldi mening ustimdan, Imonimdan, kamu-koʻstimdan. Tuxmat, boʻxton koʻrdim doʻstimdan, Rabbim Sizni bilmagani-chun. "Kofir"- dedi yaqin qondoshlar, Otilmagan qolmadi toshlar. Yuz oʻgirdi koʻp bagʻritoshlar Rabbim Sizni bilmagani-chun. Goh qoʻrquvda, goho shod boʻldim, Goh yiqildim, goh barbod boʻldim. Mish-mishlardan tiriklay oʻldim Rabbim Sizni bilmagani-chun. Har biriga Najot soʻradim, Ismingizla Hayot soʻradim. Egishmoqchi boʻldilar qaddim Rabbim Sizni bilmagani-chun. Yupatadi har bir Soʻzingiz, Men uchun Qon toʻkkan Oʻzingiz Hali izlar har kim izingiz Rabbim Sizni bilmagani-chun. Sevgingizga toʻldiring Rabbim, Ruhingizga toʻlsin bu qalbim Hamdu sano kuylasin labim Rabbim Sizni bilganim uchun Sevgi yuragimda Sevgi dilimda Har bir aytgan Sevgi toʻla soʻzimda Agar gumroh boʻlsam Xudoda ayb yoʻq Hamma ayb doʻstim rosti oʻzimda. Tanimadim Uni, bilmadim Uni Meni sevdi jondan, sevmadim Uni. Umr berdi goʻzal, rizq berdi goʻzal, Nima deyman doʻstim qiyomat kuni. Dunyo goʻzal qizdek yetaklar aldab Faxshu-zino tigʻin koʻksimga qadab. Qoʻzimni och Rabbim, koʻzlarimni och Iblis tuzogʻidan qutqargin yo Rab! Yoningdaman bandam chekma gʻam dedi Menga kel topshirgin gʻamu-anduhing Kalomimga ishon, Unda jam dedi Najot Soʻzlarimdan yashaydi ruhing. Xudo Sevgi, doʻstim chaqirgin Uni Paypaslab boʻlsa ham topgin sen bugun Magʻrurlikdan kechgin, gunohdan kechgin U bilan hayoting hamisha gulgunGod is in the shadow In(evitabil)mente أنا سلمت ليك الأمر SAZUK BANG Ya Ubangijinmu Yesu, Tsare Mu da Daren Nan Tak svieťme ako hviezdy! Kutsal Tanrı Kurbanı Сендан Бошқаси Йўқ أفراحي معاك بتزيد zhǔ a nǐ de jiā rén dōu zài zhè lǐ
Song not available - connect to internet to try again?