Kuyib ado boʻlardim Men doʻzahning oʻtida, Qanday yashab yuribman Yer yuzini betida. Oʻlim borligin bildim Har bir gunoh ketida Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Oddiy yolgʻon soʻzlagan Kirmas ekan jannatga, Kim Xudosiz yashasa Qolar aniq laʼnatga. Xudoni Oʻgʻli meni Toʻldirdi marhamatga Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Odam atodan kelgan Gunohni javobi yoʻq, Masihsiz ne qilmagin Bilginki savobi yoʻq. Muqaddas qon yuvmasa Bosgan qadamingdir choʻgʻ Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Solih yoʻqdir Masihsiz Hamma gunoh qaʼrida Borar joyi ham aniq Olovli koʻl jarida Ne qilmagin Masihsiz Bil, jannatdan narida Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Imon bilan kirasan Xudoning huzuriga, Isoda burkanasan Xudovandning nuriga. Kechirim bor Isoda Qalbingni uzuriga Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Odam Atodan kelgan Gunohning javobi yoʻq, Masihsiz ne qilmagin Angladim savobi yoʻq. Shaytonga aldanib doʻst Yaqiningga urma doʻq Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi sizni ham Boʻlib doim intizor! Hamd aytaman betinim Qutqaruvchi Xudoga, Men uchun qurbon boʻlgan Najotkorim Isoga. Muqaddas Ruhga rahmat Yetaklaydi ziyoga Abadiy hayot bergan Shukurki Masihim bor! U kutadi Sizni ham Boʻlib doim intizor!Shekinah Crea en mi oh Dios TU HNUAH KAN I TONG LAI لا ينعسن حافظي Ó mám Ťa rád Anjeli pred trónom ti spievajú يا رب يا واحة وراحة Living Hope Хвала Господу Иисусу Unknown
Song not available - connect to internet to try again?