Ranjimang bir soʻzni Ochiq aytaman Vaqt yaqin sir saqlab Endi netaman Otamni oldiga Bir kun qaytaman Birodar Masihda Marhamatlisiz! Ranjimang bir soʻzni Aytaman takror, Aytaman eshiting: "Sizda Masih bor. Umid bor, ishonch bor Sevgingiz bisyor" Birodar Masihda Marhamatlisiz! Ranjimang, bir soʻzni Aytmasam boʻlmas, Masihda boʻlganlar Abadiy oʻlmas. Nolimang, shukur deng Yoʻqsa qalb toʻlmas Birodar Masihda Marhamatlisiz! Ranjimang bir soʻzni Uqib oling siz Masihda bir umr Kechirilgansiz. Gunohkorlar ichra Oʻchirilgansiz Birodar Masihda Marhamatlisiz! Ranjimang bir soʻzni Aytib tolmayman, Kalomdan bir umr Aslo qolmayman. Imonsiz aytganin Aslo olmayman Birodar Masihda Marhamatlisiz! Ranjimang bir soʻzni Aytsam nogaxon, Gunohni vaz qilsa Bormang xech qachon. Xudo marhamatin Tinglang xar qachon Birodar Masihda Marhamatlisiz! Solihlik muborak Aziz qondoshim, Xudoga azizu, Menga jondoshim. Ular kim boʻlmasin Xoh yostiqdoshim Birodar Masihda Marhamatlisiz!Qızılgül tək ətirli, həzin mahnıya bənzər Севгин, Кар Гиби Пак Кълар yạ qwty Өөрийн Бурханы Хүү Киме Гиделим Ona alqış desin Günəş Раб'бин Дуруйор Калбинин Капъсънда Сөјлəјирəм, динлə мəни, бөјүк Рəббим севҝисини Inona no hahasaraka ahy Que la gloire du Seigneur
Song not available - connect to internet to try again?