Oʻtib bormoqdadur Makkor zamoni Kimda orzu moʻldur Kimning armoni. Ustimda ushbu kun Masihning qoni Yemang zamondoshim Oʻzgani haqqin Masihning kelishi Kundan kun yaqin! Dunyo jozibasi Kundan kun goʻzal Tortadi domiga Koʻz ochgan maxal. Xar burchakda poylab Oʻshqirar ajal. Faqat Masih bunga Boʻlar toʻsiq chin Masihning kelishi Kundan kun yaqin! Sabr qilib hamon Kutmoqda Rabbim Gunohingdan azob Yutmoqda Rabbim. Qachon uygʻonasan Ey, mudroq qalbim Rabbingni eslagin Yod ol, biroz tin Masihning kelishi Kundan kun yaqin! Vayrona koʻngillar Xasrat toʻla dil. Neni talashyabsiz Nega zahar til?!! Kechirib yaqining Endi shukur qil! Qancha fursat qoldi Bir bora boqqin Masihning kelishi Kundan kun yaqin! Inoyat berildi: Tinchlik, marhamat! Qalbimiz anglasa Tushunsak shoyad. Ne uchun Qon toʻkdi Bilmasak nahot!!! Koʻrmasak hayotning Qora-yu, oqin Masihning kelishi Kundan kun yaqin!! Ogoh boʻl yaqinim Ogoh boʻl inim, Ogoh boʻl qardoshim Ogoh boʻl singlim! Ogoh boʻl insoniyat Boʻlmagin sen kim! Afsusda yonmagin Hukm boʻlar kun Masihning kelishi Kundan kun yaqin!Какое счастье мы имеем снова Давай поплачем Solo hay uno Se apro il mio cuore Osmonga yoʻl Masihdur Ó, bratře milený БИЗ ТАНРИДАН ЙУКЛЕНМИШ بكل محبة في قلبك Жалгыз менин каалоом, алкыштоо Сени With Me
Song not available - connect to internet to try again?