Bor boʻling, bardam boʻling, Talpinib, chopganlarim. Sevgiga toʻlib toshing, Masihda topganlarim. Soʻzingiz totli biram, Mehringiz dur-u zarim. Koʻrmangiz dardu, sitam, Masihda topganlarim. Biringiz singlim, opam, Biringiz Onam, zorim. Xudoyim azizlari, Masihda topganlarim. Otamiz koʻrdi baham, Shohligin, Oʻzin, borin. Marhamat, barakada, Masihda topganlarim. Rabbimiz Ruhi bilan, Xushxabar eltganlarim. Zavq olar xizmat qilib, Masihda topganlarim. Birodar, akam, ukam, Yordamga chopganlarim. Choʻponu, voiz-bekam, Masihda topganlarim. Yolgʻon hayot eshigin, Bir umr yopganlarim. Isoda hayot topdi - Masihda topganlarim.Wzywam Cię Terpujilah Allah That's Why We Praise Him Следуя за Богом Данлагыз, данлагыз сез Алланы Taria mea taria mea I love Him better every day tạ̉ml 3 fy ạlshwl wạljbạl يسوع قرب
Song not available - connect to internet to try again?