Boʻlsa agar shirin soʻz, Yo ertalab ochsam koʻz Imonim qilib koʻz-koʻz Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Yomonni uchratsam ham Yolgʻonni uchratsam ham. Kechirim berib, bekam Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Dunyo qoladi dogʻda Goh ishda, goh chorbogʻda. Sevinib ketgan chogʻda Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Toʻlib toshib Ruhiga Hayotning shukuhiga. Kirib tez dargohiga Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Taʼzim qilib taxtiga Bergan inʼom baxtiga. Sodiq qolib ahdiga Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Deyman Oʻgʻliga rahmat Muqaddas Ruhga albat. Sevgi toʻla yozgan xat Men Xudoga kuylayman Goh dardimni soʻylayman. Cheki yoʻq rahmatimni Unga muhabbatimni. Bitdim ushbu xatimni Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman.Худо ту аҷоиби Krídla Yey, jonim Xudovandni olqishla Мэцэ Тэрэ ев шат орнял SAWMKUA LE PAKUA Shlédni, ó Bože Svetlo svetu dnes nastalo Voglio stare con te يارب ياقدوس Glorify Your Name
Song not available - connect to internet to try again?