Boʻlsa agar shirin soʻz, Yo ertalab ochsam koʻz Imonim qilib koʻz-koʻz Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Yomonni uchratsam ham Yolgʻonni uchratsam ham. Kechirim berib, bekam Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Dunyo qoladi dogʻda Goh ishda, goh chorbogʻda. Sevinib ketgan chogʻda Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Toʻlib toshib Ruhiga Hayotning shukuhiga. Kirib tez dargohiga Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Taʼzim qilib taxtiga Bergan inʼom baxtiga. Sodiq qolib ahdiga Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman. Deyman Oʻgʻliga rahmat Muqaddas Ruhga albat. Sevgi toʻla yozgan xat Men Xudoga kuylayman Goh dardimni soʻylayman. Cheki yoʻq rahmatimni Unga muhabbatimni. Bitdim ushbu xatimni Men Xudoga kuylayman Olqishlarim soʻylayman.Zengj halleluját az Úrnak Gloria al Re Спаситель путь мне указал Me Za Mu Ce da Yesu? Ɗan Ragon Allah Ne Ота Сени севаман Chisʋs pi̱ Mi̱ko ma! Нажоткорим ёлғиз Сен Nul n'est comme toi nzl mn ạlsmạʾ Ist Er würdig?
Song not available - connect to internet to try again?