1 Yoxining oʻgʻli Agʻurning Ixtiyolga bergan, Itel va Uxalga aytgan soʻzlari: 2 "Rostdan ham odamlar orasida eng aqlsizi ekanman, insonning aql-idroki menda yoʻq. 3 Na donolikni oʻrganibman, na Muqaddas Xudoni bilibman. 4 Kim osmonga koʻtarilgan, osmondan tushgan? Shamolni hovuchlariga yiqqan kim? Kim suvni oʻz kiyimiga oʻragan? Yerning barcha chegaralarini oʻrnatgan kim? Uning ismi nima? Oʻgʻlining ismi-chi? Bilasan-ku! 5 Xudoning har bir soʻzi haqiqatdir, Oʻzi esa Unga umid bogʻlaganning qalqoni. 6 Uning soʻzlariga qoʻshma, U jazolasa, yolgʻoning fosh etilsa nima qilasan? 7 Sendan ikki narsani soʻrayman, oʻlmasimdan oldin qilgin. 8 Soxtalik va yolgʻonni mendan uzoqlashtir, menga qashshoqlik ham, boylik ham emas, faqat nasibamni bergin. 9 Qornim toʻyganda: «Egam kim oʻzi?» deb aytmayin, kambagʻallikdan oʻgʻrilik qilib, Uni badnom qilmayin. 10 Qul seni laʼnatlamasligi uchun uni egasiga yomonlama, boʻlmasa jazolanasan. 11 Shunday nasl borki, otasiga laʼnat oʻqiydi, onasini duo qilmaydi. 12 Shunday nasl borki, oʻzining nazarida pok, lekin iflosligidan tozalanmagan. 13 Shunday nasl bor, koʻzlari qanchalik takabbur, qarashlari ham magʻrur. 14 Shunday nasl borki, tishlari - qilich, qoziq tishlari esa pichoq, yer yuzidan kambagʻalni, odamlar orasidan muhtojni yoʻqotadi. 15 Zulukning ikki qizi bor: «Ber, ber!» - deb aytadi. Hech qachon qoniqmaydigan uch narsa, yetarli, demaydigan toʻrt narsa bor. 16 Doʻzax, bepusht bachadon, suvsiragan tuproq hamda olov, yetarli, demaydi. 17 Otani mazaxlaydiganning, onaga boʻysunishni rad etadiganning koʻzlarini quzgʻunlar choʻqiydi, kalxat bolalari yeydi. 18 Meni hayron qoldiradigan uch narsa bor, toʻrt narsa borki, aqlimga sigʻmaydi: 19 havodagi burgutning yoʻli, tosh ustidagi ilonning yoʻli, dengiz oʻrtasidagi kemaning yoʻli hamda qizga yuradigan erkaklarning yoʻli. 20 Zinokor ayolning yoʻli ham shundaydir: u yeb boʻlgach, ogʻzini artib: «Hech bir egrilik qilmadim-ku!» deydi. 21 Yer uch narsadan larzaga keladi, toʻrt narsani koʻtara olmaydi: 22 qul shohlik qilganda, ahmoq toʻyganda, 23 shallaqi ayol erga tekkanda, choʻri bekasining oʻrnini olganda. 24 Yer yuzida toʻrtta kichkina narsa bor, lekin oʻta dono: 25 chumolilar zaif, lekin yeguligini yozda tayyorlaydi. 26 Boʻrsiq kamquvvat, lekin inini qoyaga quradi. 27 Chigirtkalarning sardori yoʻq, lekin barchasi hamjihat yurish qiladi. 28 Oʻrgimchakni qoʻl bilan ushlasa boʻladi, lekin saroyda ham yuradi. 29 Yurishi salobatli uch narsa, qadami ulugʻvor toʻrt narsa bor: 30 sher hayvonlar ichida eng kuchlisi, hech nimadan qochmaydi. 31 Maqtanib yuradigan xoʻroz, serka va gʻolib shoh. 32 Agar ahmoqlik qilib oʻzingni maqtagan boʻlsang, birovga yomonlik qilaman, deb aytgan boʻlsang, ovozingni oʻchir, ogʻzingni yop! 33 Chunki kuv pishsa yogʻ chiqadi, burunga ursa qonaydi, jahlni qoʻzgʻatsa janjal chiqadi."Es Jesus Que Bella Historia Taittunut on kuolon ansa Савашъръм Un'altra chance Vil du bli fri fra din byrde O Saint-Esprit, descends నీ దయలో'నీ కృపలో ข้าขอถวายคำสรรเสริญ Doluluğundan Lütuf Üzerine Here Is Love
Song not available - connect to internet to try again?