Hikmatlar 29-bob 1 Tanbeh olsa ham oʻjarligicha qoladigan odam birdaniga halokatga uchraydi, shifo topmaydi. 2 Solihlar koʻpayganda xalq sevinadi, fosiq hukmron boʻlganda esa figʻon chekadi. 3 Donolikni sevgan oʻgʻil otasini sevintiradi, fohisha bilan aloqada boʻlgan mol-mulkini barbod qiladi. 4 Shoh yurtni adolat bilan mustahkamlaydi, sovgʻani sevadigan esa xarob qiladi. 5 Doʻstiga xushomad qilgan odam oʻz oyoqlariga tuzoq qoʻyganday boʻladi. 6 Fosiqning gunohi qopqon, solih esa qoʻshiq aytib quvonadi. 7 Solih ojizning haq-huquqini biladi, fosiqda esa bunday tushuncha ham yoʻq. 8 Mazax qiluvchilar shaharda toʻpolon qiladi, donolar esa gʻazabni tinchlantiradi. 9 Dono ahmoq bilan sudlashganda, ahmoq achchiqlansa ham, kulsa ham halovat nima bilmaydi. 10 Qonxoʻr pokdil insondan nafratlanadi, toʻgʻrining jonini olmoqchi boʻladi. 11 Nodon bor jahlini toʻkib soladi, dono esa ichida saqlaydi. 12 Hukmdor yolgʻonga quloq solsa, barcha xizmatkorlari fosiq boʻladi. 13 Zolim bilan ojizning bir oʻxshashligi bor: ikkoviga ham Egamiz koʻz nuri bergan. 14 Shoh kambagʻalni adolat bilan hukm qilsa, uning taxti abadiy mustahkam turadi. 15 Qamchi bilan nasihat aql beradi, oʻz holiga tashlab qoʻyilgan bola esa onasiga uyat keltiradi. 16 Fosiq koʻpayganda gunoh ham koʻpayadi, solih esa fosiqning halokatini koʻradi. 17 Farzandingga tarbiya ber: u senga orom beradi, qalbingni shodlikka toʻldiradi. 18 Vahiy boʻlmasa el-yurt yoʻldan ozadi, Xudoning qonuniga amal qilgan baxtlidir! 19 Qul faqat soʻz bilan tarbiyalanmaydi, soʻzni tushunsa ham amal qilmaydi. 20 Shoshilib gapiradiganni koʻrganmisan? Undan koʻra, nodonda umid koʻproq. 21 Qulni yoshligidan erkalatib oʻstirsa, oqibatda xoʻjayiniga qaygʻu boʻladi. 22 Serjahl odam janjal chiqaradi, serzarda esa koʻp gunoh qiladi. 23 Odamning magʻrurligi uni past qiladi, kamtarin esa izzat-hurmat topadi. 24 Oʻgʻriga sherik boʻlgan oʻz jonini yomon koʻradi, u tanbeh eshitsa ham churq etmaydi. 25 Odamdan qoʻrqish tuzoqqa ilintiradi, Egamizga umid bogʻlagan esa xavf-xatardan xoli boʻladi. 26 Hukmdor marhamatini qidirgan koʻp, lekin insonni hukm qiladigan Egamizdir. 27 Fosiq solihga jirkanch, toʻgʻri yuradigan esa fosiqqa jirkanchdir.Shaida Bishara Ko’ina Я боль твою возьму ạlsmạ wạlạ̉rḍ tzwlạn He is alive and well Levantate Signore Láskavý môj Ježiš rby dẖrạʿk qdyrẗ Kanınla Aklandım Ben Иерусалим యేసుతో ఠీవిగాను పోదమా
Song not available - connect to internet to try again?