1 Boshqalardan ajralgan oʻz istagini qondirishni xohlaydi, u hamma dono nasihatga qarshi chiqadi. 2 Nodon aql-idrokni yoqtirmaydi, faqat oʻzini koʻrsatadi. 3 Fosiqlik dastidan sharmandalik keladi, hurmatsizlik esa uyat keltiradi. 4 Dono soʻzlar chuqur suvlarday tuganmasdir, donolik bulogʻi oshib-toshgan irmoqdir. 5 Fosiqning tarafini olish, hukmda solihni ayblash yaxshi emas. 6 Ahmoqning tili janjal chiqaradi, soʻzlari esa kaltak keltiradi. 7 Ahmoqning tili oʻziga halokat, soʻzlari joniga tuzoqdir. 8 Gʻiybatchining soʻzi shirin ovqat kabidir, odamning butun aʼzoyi badaniga singib ketadi. 9 Ishda dangasa boʻlgan odam buzgʻunchiga ogʻaynidir. 10 Egamizning nomi mustahkam qalʼadir, solih u yerga borib eson-omon boʻladi. 11 Boyning boyligi qalʼasidir, uning nazarida shaharning baland devori kabidir. 12 Takabburlik halokatga olib boradi, kamtarlik esa izzatu ikromga sazovor qiladi. 13 Oxirigacha tinglamay javob bergan ahmoqdir, u sharmanda boʻladi. 14 Odamning ruhi kasallikka chiday oladi, lekin tushkun ruhga kim toqat qila oladi?! 15 Aqllining qalbi bilim oladi, dono ilmu maʼrifatga intiladi. 16 Sovgʻa egasiga hamma eshiklarni ochadi, katta odam oldiga olib boradi. 17 Birinchi gapirgan odam boshqasi kelib tekshirmaguncha, haq koʻrinadi. 18 Qurʼa janjalni toʻxtatadi, kuchli raqiblarni ham ajratadi. 19 Xafa boʻlgan birodarga yaqinlashish kuchli shaharni olishdan ham qiyin, oʻrtadagi janjal qalʼaning qulfiga oʻxshaydi. 20 Odamning qorni ogʻzining mahsuli bilan toʻyadi, tilining samarasi bilan qoniqadi. 21 Oʻlim ham, hayot ham tilning hukmidadir, birisini sevgan mevasini yeydi. 22 Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor boʻladi. 23 Kambagʻal iltijo bilan gapiradi, boy esa qoʻpol javob beradi. 24 Shunday doʻst borki, u halokat keltiradi, doʻst borki, u tugʻishgandan ham yaqinroqdir.Одинокие Я поделюсь Христом Бир Гюн Дженнет Гьоркемийле Долуйкен Jasama kúná eı halqym Сени йюджелтирим Er der mein Herz regiert Canto della battaglia yạrb ạnạ fʿlạaⁿ ʿạyz عايزينك Un regard sur ta croix sanglante
Song not available - connect to internet to try again?