Boshim uzra qoning sochib, gunohlardan asragan Masih, Tanamizni suving bilan muqaddas aylading Masih. Sening shirin kalomlaring koʻzimizga nur bergan, Sening Muqaddas Ruhing tanamizga kuch bergan. // Ne qilay endi Rabbim, Seni tanlagan oʻzim? Seni yoʻlingdan borib azobdan qutulgan jonim. // Xursand boʻling birodarlar, jannat sizga ochiq ekan, Yoʻlimizga gullar sochib, Rabbim bizni kutar ekan. Ne bor edi bu dunyoda, bundan ortiq baxt bormi? Axir bizni kutar samoda, Iso eshik ochmoqda. Xochga bording biz uchun, qoning toʻkding biz uchun, Xaqoratlarga chidab azoblanding biz uchun, azoblanding biz uchun. Ozod boʻldik zulmatdan, aldoqchi ruh shaytondan, Muqaddas Ruhing bilan ozod etding gunohdan, ozod etding gunohdan.Կատարյալ Աստված mhmạ ḥạwlt ạ̉ʿbr El Firmamento De Esplendor Своё я сердце сокрушу Халелуя, Халелуя, Халелуя, Хамтлар Сана! ماختاشقا لايىق سەن ئەيسا Тропой запретной шел по жизни часто Tu sei il Re جامعىر رحمته كبيرة
Song not available - connect to internet to try again?