1 Yaxshi nom - eng katta boylikdan ortiq, marhamatga sazovor boʻlish esa kumushu oltindan ham yaxshi. 2 Boy bilan kambagʻalning bir oʻxshashligi bor, ikkovini ham Egamiz yaratgan. 3 Es-hushli odam xavf-xatarni koʻrib yashirinadi, sodda esa toʻxtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi. 4 Kamtarlik va Egamizdan qoʻrqish boylik, hurmat va hayot keltiradi. 5 Egrining yoʻlida tikanzor va tuzoqlar bor, oʻz jonini asragan undan uzoqlashadi. 6 Bolani toʻgʻri yoʻlga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yoʻlidan adashmaydi. 7 Boylar kambagʻallar ustidan hukmronlik qiladi, qarzdor qarz berganning qulidir. 8 Fosiqlikni ekkan tashvish yigʻadi, jahl qamchisi sinadi. 9 Saxiy baraka topadi, chunki oʻz nonini kambagʻallar bilan baham koʻradi. 10 Mazax qiluvchini oradan quv! Shunda gʻavgʻo ketadi, janjalu haqorat ham barham topadi. 11 Pokdillikni sevib, xushmuomala boʻlganga shoh doʻst boʻladi. 12 Egamiz ilm-maʼrifatli insonni asraydi, U xoinning soʻzlarini puchga chiqaradi. 13 Dangasa: "Tashqarida sher bor, koʻchada meni oʻldiradi", - deydi. 14 Buzuq ayolning ogʻzi tubsiz chohdir, Egamizning gʻazabiga uchraganlar unga tushadi. 15 Aqlsizlik bolaning diliga oʻrnashgan, uning bu aqlsizligini kaltak haydab chiqaradi. 16 Boy boʻlaman deb qashshoqni ezgan ham, boyga sovgʻa qilgan ham kambagʻallashadi. 17 Donolarning soʻzlariga quloq tut, qalbingni bilimimga och. 18 Chunki bu soʻzlarni qalbingda saqlasang, diling yashnaydi, ular doim tilingda tayyor boʻlsin. 19 Egamizga umid bogʻlagin deb bugun shularni oʻrgatyapman. 20 Senga bilim va maslahat bilan oʻttizta nasihat yozib bermaganmidim?! 21 Bu haqiqat soʻzlarini oʻrganib, seni yuborganlarga aytib berishing uchun edi. Birinchi nasihat 22 Kambagʻalni kambagʻalligi uchun talama, baxtsizni darvoza oldida hukm qilganda qiynama. 23 Chunki Egamiz ularni himoya qilib, zolimlariga Oʻzi zulm qiladi. 24 Urishqoq bilan doʻstlashma, badjahl bilan yurma. 25 Boʻlmasa sen ham ularning yoʻliga tushib qolasan, joningni tuzoqqa ilintirasan. 26 Begona bilan qoʻl tashlashma, oʻzganing qarziga kafillik berma. 27 Agar oʻshaning qarzini toʻlashga hech narsang boʻlmasa, hatto, tagingdagi toʻshagingdan ham ayrilib qolasan. Toʻrtinchi nasihat 28 Ota-bobolaring qoʻygan qadimiy chegaralarni buzma. Beshinchi nasihat 29 Oʻz ishiga mohir ustani koʻrganmisan? U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi.РАБ, ЯЛНЪЗДЖА РАБ Gesù mio Re Salvo navego en la nave Ғам аламли кунлар йўқолди Будите зовите ищите Ёнингда турганни Фаришталар келтирсин хабар lạ̉nk ạ̉nt yạrb خالاصگَریم، سِن مِنینگ.. Slyš, Jezu, vzdechy
Song not available - connect to internet to try again?